2025-yilda O‘zbekiston turizmi sohasida rekord yutuqlarga erishdi
03/03/2026 | 1
2025-yilda O‘zbekiston turizmi sohasida rekord yutuqlarga erishdi.
O‘zbekiston 2025-yilda 11,7 million xorijiy turistni qabul qildi. Bu yutuqlarning asosiy sababi mamlakatimizda turizm sohasi rivojlanishi, mehmonxonalar va turli maskanlar qurillishi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 46,8 % yoki 3,7 million kishiga ko‘pni tashkil qiladi. 🌍 Qaysi mamlakatlardan eng ko‘p turistlarkeldi? 2025-yil statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonga eng ko‘p tashrif buyurgan 10 ta mamlakat: 1. Qirg‘iziston – 3,3 million nafar; 2. Tojikiston – 2,7 million nafar; 3. Qozog‘iston – 2,7 million nafar; 4. Rossiya – 984,4 ming nafar; 5. Afg‘oniston – 476,7 ming nafar; 6. Turkmaniston – 370 ming nafar; 7. Xitoy – 278,9 ming nafar; 8. Turkiya – 174,9 ming nafar; 9. Hindiston – 80,8 ming nafar; 10. Janubiy Koreya – 46,3 ming nafar. 📊 Turizm daromadlar i va iqtisodiy ta'sir BMT Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko’ra, O‘zbekiston 2025-yilda dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 7 ta turizmyo'nalishi orasiga kirdi. Turizm eksporti 3.74 milliard yevro daromad keltirdi. Bu o‘z navbatida mamlakatimizda turizm sohasida 16,100 yangi ish o‘rni yaratilishiga va 954 ta yangi mehmonxona, oromgoh va hostel ochillishiga xizmat qildi. Bugungi kunda mamlakatimizda jami turar joy obyektlari soni 6,861 taga yetib, bu maskanlarda birvaqtni o‘zida 184,000 nafar mehmonni qabul Turistlar sonining ortishi bilan sifatli turar joy talabi ham keskin oshdi. maskanlar.uz platformasi O'zbekistondagi sanatoriy, kurort, mehmonxona vaoromgohlarni bir joyda topish imkonini beradi. Platforma qulayliklari: ✅ Barcha viloyatlardagi maskanlarni qidirish; ✅ Narx va xizmatlarni taqqoslash; ✅ Foydalanuvchilar sharhlari va reytinglar; ✅ Foydalanuvchilar tomonidan o‘z maskanlarini erkin kiritish va boshqalar. Bu o‘z navbatida mamlakatimizda sayohat qilish istagini bildirgan barcha turistlar hamda fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi degan umiddamiz.
