Zomin sanatoriyasi
Jizzax viloyati | Zomin tumani, Zomin milliy bog’i hududi
Sanatoriya Zomin Milliy bogʼida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashgan.
Sanatoriya asosan:
Yuqori nafas yo'llarining kasalliklari
Nevrologiya kasalliklariga ixtisoslashgan.
Аsosiy davolash muolajalari:
Fizioterapiya: - darsonval, SVCh, UVCh, ultrazvuk, amplipuls, elektroforez, elektroson, potok, polyus, magnit, Sollyuks, yorugʼlik vannasi va ingalyatsiya;
Balneologiya: vannalar maʼdanli, marvaridli; balchiq bilan davolash (galvanobalchiq), parafin-ozokerit.
Davolashning boshqa turlari: davolovchi jismoniy tarbiya, fitobar, kislorod koʼpigi, gidroaeroionizatsiya, tuzli gʼor;
Qoʼshimcha (pullik xizmat)- ozonoterapiya, zarb - toʼlkinli terapiya, umurtqa pogʼonasini (kompьyuterda) tortish, nugabest massaj, kedr bochkasi, Szinda apparatida muolajalar, aroma vannalar, kosmetalog, sauna, yopiq basseyn.
Tabiiy davolash omillari:
Togʼ iqlimiy
Laborator-instrumental tekshiruvlar:
UZD, EKG
umumiy qon, siydik taxlili
EGG
Xonalar kategoriyasi:
standart
yarim lyuks
lyuks
ona-bola korpus
Ovqatlanish:
Parhez 3 mahal ovqatlanish
Buyurtmali menyu
Faslga mos mevalar.