Bolalar oromgohlari

ZEBINISO

Qashqadaryo viloyati | Shahrisabz tumani, Uloch MFY, Qani QFY

10.0 (0)

"ZEBINISO" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mavsum davomida jami 1000 nafardan ziyod bolalar dam oladilar.

    "ZEBINISO" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mavsum davomida jami 1000 nafardan ziyod bolalar dam oladilar. Barcha sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu maskanda korxona va tashkilotlar xodimlarining farzandlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazadilar.

     Ta’kidlash joizki, oromgoh yuksak Hisor tog‘ tizimlari etaklarida, Miroqi suv omborining 9 km pastligida, shahardan 18 km uzoqlikda, xushmanzara tabiat quchog‘ida joylashgan. Bu yerda bolajonlar uchun barcha qulayliklar muhayyo. Sharqirab oquvchi soy oromgohning qoq markazidan oqib o‘tadi. Hududga serviqor chinorlar quyuq soya tashlab turadi.

     Bolalarning maroqli dam olishlari uchun oromgoh rahbariyati va tarbiyachilari tomonidan katta tayyorgarlik ishlari olib borildi. Farzandlarimizning dam olishlari bilan birga ularga turli xil mavzularda bilim va ko‘nikmalar o‘rgatish ham yaxshi yo‘lga quyilgan. Oromgohda fan, badiiy ijodiyot, sport-sog‘lomlashtirish to‘garaklari, ijodiy festivallar va ko‘rgazmalar, ijtimoiy aksiyalar hamda sport musobaqalari bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

     Bundan tashqari dam olish maskanidagi boy kitob fondiga ega axborot-resurs markazi bolalarning sevimli maskaniga aylangan. Sport musobaqalari, raqs, rassomchilik, mohir qo‘llar to‘garaklari ularning bilimini oshirish va qiziqishi bo‘yicha hunar o‘rganishda keng imkoniyat yaratadi.

     Xulosa qilib aytganda, ta’til - bolalarning miriqib dam olishlari, turli tuman tadbirlarda ishtirok etib, ijodiy va tashkilotchilik qobilyatlarini rivojlantirishga keng imkon beruvchi davr. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda ushbu maskanlarning ham o‘rni muhim hisoblanadi.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Qashqadaryo viloyati

Manzil: Shahrisabz tumani, Uloch MFY, Qani QFY

Geografik kenglik (latitude): 39.032312

Geografik uzunlik (longitude): 67.060844

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998900700162

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/62/zebiniso-oromgoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Ekologik yo‘llarning mavjudligi
  • Videokuzatuv
  • Kuchaytirilgan malakali xavfsizlik
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.