Bolalar oromgohlari

ZARKENT

Namangan viloyati | Yangihayot qishlog'i Birlik MFY

80.0 (0)

Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi "ZARKENT" oromgohi viloyatning go‘zal tog‘ yon bag‘rlarida joylashgan bo‘lib, 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sog‘lomlashtirish imkoniyatini beradi.

Bizning maqsadimiz o‘yin–kulgu, ijodkorlik va yangi qiziqarli mashg‘ulotlarga to‘la unutilmas yoz mavsumini yaratishdir. 11,0 gektar maydonda shinam turar joylar, sport maydonchalari, konsertlar sahnasi va basseyn mavjud.

     "ZARKENT" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Namangan viloyati markazidan 50 km uzoqlikda, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan.

     Turar joylar qulayliklarga ega, shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 4 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va viloyat Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boshqamasi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.

     Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robotootexnika, qo‘l san’atlari va rassomchilik shular jumlasidandir.

     Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.

     Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va kinolar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.

     Sizni "ZARKENT" oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

     Smenalar 7 iyundan 2 avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

     Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Namangan viloyati

Manzil: Yangihayot qishlog'i Birlik MFY

Geografik kenglik (latitude): 41.358591

Geografik uzunlik (longitude): 71.675152

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998900000000

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/84/zarkent-orongoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Videokuzatuv
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Hunarmandchilik ustaxonasi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Zamonaviy suv havzasi
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.