Bolalar oromgohlari

YOSH ALANGACHI

Qashqadaryo viloyati | Qaynar MFY, Qorabuloq qishlog‘i, 272-uy

620.0 (0)

Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 6-20 kishilik shinam xonalardan iborat. Oromgoh oshxonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi.

  "YOSH ALANGACHI" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Kitob tumani markazidan 20 km uzoqlikda, Kitob-Samarqand  yo‘nalishidagi Taxta-Qoracha dovonining boshlanish qismida, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Manzarali daraxtlarga boy 5 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay maskandir.

     Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 6-20 kishilik shinam xonalardan iborat. Oromgoh oshxonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.

     Oromgohda mavsum davomida turli madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar tadbirlar - oromgoh malikasi, jajji raqs malikasi, taqlid ustasi, jonli ijro, she’riyat kechalari, raqs qiroli, bilimdonlar bellashuvi, quvnoqlar va zukkolar bellashuvlari, shoirlar xotirasiga bag‘ishlangan kechalar, suv bayrami, liboslar ko‘rgazmasi, kulgi kuni, sport tadbirlari, rassomchilik, badiiy bezak, mohir qo‘llar kabi bir qator tadbirlar o‘tkaziladi.

     Bu tadbirlar bolajonlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchni yuksalishiga, ona Vatanimizga bo‘lgan mehrini ortishiga, dunyoqarashi hamda bilim saviyalari o‘sishiga katta turtki bo‘ladi. Barcha tarbiyachi va yetakchilar oromgohda jamoa ishini va pedagogik guruh ishini birgalikda rejalashtirish, guruhlar, to‘garaklar, kutubxona, sport musobaqalari ishlarini nazorat qilish va bolalarni o‘z-o‘zini boshqarishga ko‘maklashib, ilg‘or ish tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va  ommalashtiradi.

     Bolalarning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan hordiq chiqarishlari ta’minlanib, turli mavzularda qiziqarli bellashuvlar, sportning bolalarga xos turlari bo‘yicha musobaqalar orqali bolalar sporti ommalashtiriladi.

     Har bir smenada jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yosh qutqaruvchi”, “Yosh yong‘in o‘chiruvchi”, futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, shaxmat-shashka, quvnoq startlar kabi musobaqalar bolalarning sog‘lom ulg‘ayishiga xizmat qiladi. Oromgohda o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda taniqli madaniyat, fan, adabiyot va san’at xodimlari hamda sportchilarning ishtiroklari ta’minlanadi. “Qo‘g‘irchoq teatri”, kino va sirk tomoshalari taqdim etiladi.

     Sizni "YOSH ALANGACHI" oromgohida yozgi sarguzashtlar maskanida kutamiz!

     Smenalar 4 iyundan 6 avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

     Biz aziz bolajonlarning oromgohimizda mazza qilib dam olishlari uchun tayyormiz!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Qashqadaryo viloyati

Manzil: Qaynar MFY, Qorabuloq qishlog‘i, 272-uy

Geografik kenglik (latitude): 39.260817

Geografik uzunlik (longitude): 66.905893

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998752300091, +998987770390

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/52/yosh-alangachi-oromgoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Ekologik yo‘llarning mavjudligi
  • Videokuzatuv
  • Kuchaytirilgan malakali xavfsizlik
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.