Maqbaralar

YETTI TUG‘ OTA ZIYORATGOHI

Qashqadaryo viloyati | Patron qishlog‘i

00.0 (0)

“Yetti tug‘ ota” nomi bilan mashhur bo‘lgan avliyo Mirsayyid Fathulloh va uning avlodlari — sayyidzodalar qabrlari mavjud.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridan 15 kilometr janubi-g‘arbda, Patron qishlog‘ida qadimiy yodgorliklardan biri — “Yetti tug‘ ota” ziyoratgohi joylashgan .

Mazkur ziyoratgohda Hazrati Alining Hasan va Husayn avlodlariga tutashadigan, keyinchalik “Yetti tug‘ ota” nomi bilan mashhur bo‘lgan avliyo Mirsayyid Fathulloh va uning avlodlari — sayyidzodalar qabrlari mavjud . Ushbu majmuada yetti nafar sayyid avlodi dafn etilgani sababli ham bu joy “Yetti tug‘ ota” deb nomlangan.

Fors-tojik tilida so‘zlashuvchi ulug‘ zotlar bu hududga kelgach, qishloq “Patron” yoki “Podaron” (ya’ni “otalar qishlog‘i”) nomi bilan ham yuritilgan . Yetti tug‘ ota avlodlari Hisor, Qunduz, Ko‘lob kabi hududlarda yashagan bo‘lib, ular ajdodlari qabri ziyorati uchun ushbu maskanga muntazam kelib turganlar.

Tarixchi olim Ruhiddin Akbarovning “Yetti tug‘ ota shajarasi” asarida keltirilishicha, “Yetti tug‘ ota” (Mirsayyid Fathulloh) Sayyid Burhoniddin Qilichga 11-bo‘g‘inda tutashadi, Mahdumi A’zam esa unga 6-bo‘g‘inda bog‘lanadi. Bu ikki zot bir naslga mansub bo‘lib, o‘zaro chambarchas aloqador.

Shuningdek, Mahdumi A’zam (asl ismi Sayyid Ahmadxo‘ja Kosoniy) mashhur tasavvuf allomasi bo‘lib, uning shogirdlari qatorida Xoja Islomi Jo‘yboriy, Hidoyatullo Ofoqxo‘ja, Lutfullo Chustiy, Sayyidi Ahmadi Kosoniy va boshqalar borligi qayd etilgan. U Samarqanddagi Sherdor madrasasini qurdirgan Yalangtush Bahodir ning piri hisoblangan .

Manbalarga ko‘ra, Mirsayyid Fathulloh Patron (avvalgi nomi Ko‘hna bog‘) hududiga kelib, bu yerda xonaqoh va masjid qurdirgan hamda shu yerda istiqomat qilgan. Keyinchalik u zot xonaqohning sharqiy tomoniga dafn etilgan. Ushbu hududda tojik tilida so‘zlashuvchi urug‘lar yashab kelgan .

Arxeolog olima Yu. L. Mankovskaya Qashqadaryo vohasidagi me’moriy yodgorliklarni o‘rganar ekan, Patron qishlog‘idagi masjidni o‘rta asrlar monumental, yakka gumbazli masjidlar sirasiga kiritadi. Ushbu masjid chor gumbazli tuzilishga ega bo‘lib, boshqa hududlardagi shunga o‘xshash masjidlar bilan uyg‘unlik kasb etadi .

Masjid ichki hajmi 10×10 metr bo‘lib, ustida 4×4 metrli to‘rt gumbaz joylashgan. Gumbazlar markazdagi diametri taxminan 6 metr bo‘lgan asos — “guldasta”ga suyanadi. Bunday me’moriy uslub XVI–XVII asrlarga, ya’ni xonliklar davriga xosdir. Bu davrda qurilgan masjidlarda yog‘ochdan kam foydalanilgan bo‘lsa, keyingi XIX–XX asrlarda yog‘och elementlar kengroq qo‘llanila boshlagan .

Masjid shunday qurilganki, yozda salqin, qishda esa iliq bo‘lib, uzoq muddat mustahkam saqlanib kelgan. Shu jihatdan u XVI–XVII asr me’morchiligining noyob namunalaridan biridir.

Mahalliy aholining aytishicha, masjid har yili ta’mirlanib turgan. Ilgari uning atrofida turli binolar, quduq va sayil maydonlari mavjud bo‘lgan. Masjid oldida uzun mezana bo‘lgan, biroq vaqt o‘tishi bilan qarovsizligi sabab buzilib ketgan. Hududda ko‘plab tut daraxtlari o‘sib turgan.

Mustaqillik yillarida ziyoratgoh yana obodonlashtirildi: masjid yonida qo‘shimcha binolar, ayvon, maqbara darvozasi va yangi mezana qurildi. 1998 yilda masjid davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va hududni rivojlantirish uchun yer ajratildi.

Bugungi kunda “Yetti tug‘ ota” ziyoratgohi tarixiy, diniy va ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim maskan sifatida e’tirof etiladi.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Qashqadaryo viloyati

Manzil: Patron qishlog‘i

Geografik kenglik (latitude): 38.809759

Geografik uzunlik (longitude): 65.617308

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998900000000

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.