Joylashuv va aloqa
Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Bog‘i turkon QFY
Geografik kenglik (latitude): 39.773663
Geografik uzunlik (longitude): 64.570767
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914108300
Website: -
Maqbaralar
Buxoro viloyati | Bog‘i turkon QFY
Xo‘ja Ubbon Ibn Usmon Ibn Affon VII asrning oxiri va VIII asr boshlarida yashagan, tobein, faqih, muhaddis, qiroat sohibi, valiullloh bo‘lib, u kishi turli kasalliklari (xususan, viteliga, ekzema)ni davolay olgan.
Xoʻja Ubbon maqbarasi – Buxoro viloyati, Romitan tumanidagi meʼmoriy yodgorlik. XVI asrda bunyod etilgan. Yodgorlik Buxoro shahridan 50 km uzoqlikda boʻlib, ziyoratgoh sifatida mashhur. Xoʻja Ubbon toʻgʻrisida akademik Abdulahad Muhammadjonov oʻzining „Quyi Zarafshon sugʻorilish tarixi“ asarida maʼlumotlar keltirgan. Xoʻja Ubbon yodgorligida milod boshlarida qoʻrgʻon istehkomlari va quduq boʻlgan. Xoʻja Ubbon qudugʻi suvi shoʻr va achchiq boʻlib, teri kasalliklariga davo boʻlgan. Koʻplab insonlar ziyoratgohga kelib, ixlos qilib shu joyda vaqtinchalik yashagan va suvdan ichgan va choʻmilgan. XIV–XV asrlardan Xoʻja Ubbon ziyoratgoh sifatida shakllangan. Vaqtlar oʻtib, yodgorliklar atrofida sagʻana qurilgan va tugʻ koʻtarilgan. Arxeologlar izlanishlariga koʻra ushbu hududda miloddan avval 3-4 mingyillikda ovchilar qarorgohi boʻlgani, insonlar chorvachilik bilan shugʻullanib chorva mollari boqilganligini bilish mumkin..
Xoʻja Ubbon „suv homiysi“ va „suv qoʻriqchisi“ maʼnosi bildiradi. Rivoyat va afsonalarga koʻra, Xoʻja Ubbon Amudaryo kema va qayiqchilarining suv vakili va piri, yomgʻir yogʻdiradigan avliyo boʻlgan. Shu sababli Buxoroda joylashgan suvsiz joylar va baʼzi qishloqlar Oqshih bobo, Sulton Xubbi, Ubbon, Hazrat Xubbin kabi atamalar bilan atalgan. Xoʻja Ubbon qadamjosi bir nechta obidalardan iborat majmua boʻlgan. Ziyoratgoh qudugʻi chortoq uslubida pishiq gʻishtdan, yonida xonaqoh va tugʻlar mavjud. 1964-yilda Xoja Ubbon ziyoratgohidagi quduq va meʼmoriy obida buzib yuborilgan. Ammo koʻp vaqt oʻtmay, u yerda yangi quduq ochilib, yangi binolar qurilgan, sagʻanalar taʼmirlangan.

Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Bog‘i turkon QFY
Geografik kenglik (latitude): 39.773663
Geografik uzunlik (longitude): 64.570767
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914108300
Website: -
Narx:-
Xizmatlar:
Birinchi sharhni siz qoldiring.
Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.