Maqbaralar

Xoja ka’bul Axror Vali

Buxoro viloyati | “Siyoz Poyon” qishloq fuqarolar yig‘ini, Xo‘chkob qishlog‘i

10.0 (0)

“Xo‘ja Ka’bul Axbor Vali” ziyoratgohi Kogon tumani “Siyoz Poyon” qishloq fuqarolar yig‘ini Xo‘chkob qishlog‘ida joylashgan. “Xo‘ja Ka’bul Axbor Vali” jome’ masjidi tarixiy shaxs nomiga qo‘yilgan. Xo‘ja Ka’bul Axbor Valining qachon tug‘ilganlari to‘g‘risida tarixiy manbalarda ko‘rsatilmagan.

Xoja Qaʼbul Ahbor Vali ziyoratgohi — Buxoro viloyati, Kogon tumani, Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini, Xoʻchkob qishlogʻidagi meʼmoriy yodgorlik. Xoja Qaʼbul Ahbor Vali qachon tavallud topganligi haqida biror manbada maʼlumot uchramaydi. Manbalarda u VII asrda vafot etganligi yozib qoldirilgan. Xoja Qaʼbul Ahbor Vali ziyoratgohida maqbara boʻlib, unda Xoja Qaʼbul Ahbor Vali qabri joylashgan. Qabr 14 metr boʻlib, uning uchida esa shogirdi Abdulloh Zohid ibn Aʼsad dafn qilingan. Mazkur ziyoratgohda masjid ham mavjud. Bundan tashqari bu yerda Xoja Qaʼbul Ahbor Vali yana bir shogirdi Mahmud ibn Hamin qabri joylashgan. Ziyoratgoh masjidi orqa tomonida 40-50 gektar atrofdagi qabriston mavjud. Mazkur qabristonda qabr toshlar ham boʻlib, eng qadimiysi bundan ming yil oldin oʻrnatilgan. Xoja Qaʼbul Ahbor Vali ziyoratgohi 1990-yilga qadar abgor ahvolda boʻlgan. 1990—1991-yillarda ziyoratgohda xushkoblik Amirqul Shukurov oʻz mablagʻlari hisobiga yangi masjid qurdiradi. 1995-yil ziyoratgohdagi maqbara, quduq va masjid xorazmlik ustalar tomonidan taʼmirlangan. Mazkur masjid Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil qayta roʻyxatga olingan. Ziyoratgohda masjid boʻlib, hozirgi kunda faoliyat yuritmoqda. Masjid binosi gumbaz bilan birgalikda balandligi 9 metr, uzunligi 11 va eni esa 10,7 metrni tashkil etadi. Masjid asosi tosh va pishgan gʻishtdan terilgan.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Buxoro viloyati

Manzil: “Siyoz Poyon” qishloq fuqarolar yig‘ini, Xo‘chkob qishlog‘i

Geografik kenglik (latitude): 39.776647

Geografik uzunlik (longitude): 64.597184

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998914108300

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.