"XIVA GULSHANI" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Urganch shahridan 50 km uzoqlikda, ekologik toza hududda joylashgan.
"XIVA GULSHANI" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Urganch shahridan 50 km uzoqlikda, ekologik toza hududda joylashgan. 5 gektar oromgoh maydoni ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.
Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 8-12 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.
Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli hil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Piyoda yurish uchun oromgoh hududida ekotroplar yotqizilgan.
Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar tomosha qilish joylari, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Sizni "XIVA GULSHANI" oromgohimizda yozgi sarguzashtda kutamiz!
Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.
Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!