Joylashuv va aloqa
Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: X.Xudoydod ko‘chasi
Geografik kenglik (latitude): 39.76913
Geografik uzunlik (longitude): 64.4006
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914108300
Website: -
Tarixiy va madaniy maskanlar
Buxoro viloyati | X.Xudoydod ko‘chasi
Buxoro viloyatidagi me’moriy yodgorlik (1777—1855). Majmua Madrasa, masjid, hovli, sardoba va qabristondan iborat. Hovli uch tomondan bir qavatli hujralar bilan o‘ralgan. Hovlining jan. g‘arbida joylashgan masjid murabba tarxli, gumbaz bilan yopilgan, uch tomoniga yogoch ustunli ayvon ishlangan, tarzi ganch o‘ymakorligida, ustunlari o‘ymakori naqshlar bilan jozibador bezatilgan.
Xalfa Xudoydod majmuasi Buxoroning Havzi Nav guzarida joylashgan boʻlib, Xalfa Xudoydod tomonidan bunyod etilgan. Uning toʻliq ismi Shayx Xudoydod ibn Toshmuhammad Azizon al-Buxoriydir. Xalfa Xudoydod asli xorazmlik boʻlgan. „Tuhfat uz-zoirin“ maʼlumotlariga koʻra, Xalfa Xudoydod ushbu majmua uchun 12 tanob yer sotib olgan va xonaqoh, madrasa, sardoba va tahoratxona qurdirgan. Mazkur majmua joylashgan guzarda ilgari Eshoni Imlo va Xalfa Xudoydod qabristonlari boʻlgan, ammo bu qabristonlar sovet yilllarida buzib tashlangan. Hozirgi kunda ushbu qabristonlar oʻrniga 14-maktab va maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Majmuaga kirish eshigi ikkita boʻlib, gʻarbiy tomonda asosiy darvoza joylashgan. Majmuaning miyonsaroyi boʻlib, uning tepasida kichkina minora joylashgan. Minora azon oʻqish maqsadida ishlatilgan. Madrasalar esa eshigi ikki tabaqali boʻlib, har bir xonada 2-3 tadan tokchalar mavjud. Majmuaning sharqiy tomondagi hujrada Xalfa Xudoydodning qabri mavjud. Majmuada sardoba ham mavjud boʻlib, ikkita kirish eshigi mavjud. Xalfa Xudoydod majmuasida 39 ta bir qavatli hujralar boʻlgan. Yodgorlik janubiy-gʻarbida masjid bor. Manbalarga koʻra ushbu majmuadagi madrasada 150-200 talaba tahsil olgan. Mazkur majmuaning bir qator vaqf hujjatlari saqlanib qolgan boʻlib, 1797—1798-yillarda ushbu hududda Boqi Muhammadxon chorbogʻi boʻlib, masjid, madrasa va sardoba boʻlgan va Xalifa Xudoydod nomiga vaqf qilingan.
Meʼmorchiligi
Hovli uch tomondan bir qavatli hujralar bilan oʻralgan. Hovlining janubi-gʻarbida joylashgan masjid murabba tarxli, gumbaz bilan yopilgan, uch tomoniga yogʻoch ustunli ayvon ishlangan, tarzi ganch oʻymakorligida, ustunlari oʻymakori naqshlar bilan jozibador bezatilgan. Sardobaga zinapoya orqali kiriladi. Madrasaning old tomonida koshin qoldiqlari saqlangan. Hovlining shimoliy markazi orqali Xalfa Xudoydod qabri boʻlgan qabristonga oʻtiladi, qabr yaqinida 2 ustunli, shifti boʻyama naqshlar bilan pardozlangan ayvon bor. Xalfa Xudoydod majmuasi turli diniy va memorial inshootlarni oʻz ichiga olgan majmua namunasidir, tarhi hamda shakli jihatidan XVIII-XIX asrlar meʼmorligi uchun xos. Majmuadagi masjid maydoni 25x25.4 metrga teng va masjid ustida kitoba boʻlgan ammo hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Masjid shimoliy tomonida ayvon mavjud, va uning oldida darsxona ham bunyod etilgan. Tarixchi Nosiruddin al-Hanafiyning „Tuhfat uz-zoirin“ („Ziyoratchilarga tuhfa“) asarida yozilishicha, Xalfa Xudoydod majmuasi shayx, yassaviylik tariqatining namoyandasi shayx Xudoydod ibn Toshmuhammad Azizon al-Buxoriy tomonidan qurilgan.

Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: X.Xudoydod ko‘chasi
Geografik kenglik (latitude): 39.76913
Geografik uzunlik (longitude): 64.4006
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914108300
Website: -
Narx:-
Xizmatlar:
Birinchi sharhni siz qoldiring.
Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.