Joylashuv va aloqa
Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Jubor ko‘chasi
Geografik kenglik (latitude): 39.766028
Geografik uzunlik (longitude): 64.403639
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914180002
Website: -
Ziyorat komplekslari
Buxoro viloyati | Jubor ko‘chasi
Volidai Abdulazizxon masjidi XVI asrlarda qurilganligi taxmin qilinadi. Abdulazizxon Buxoroda ko‘plab inshootlar barpo qilganlar jumladan, Volidai Abdulazizxon masjidi, Hazrat Bahouddin dahmalari va xonaqolari shu zoti sharif tomonidan qurdirilgan.
Volidai Abdulazizxon masjidi “Havzi nav” mahallasida joylashgan bo`lib, Jo`bor mavzesiga tegishli hisoblanadi. Jo`bor mavzesi yoki mahallasi janubiy – g`arbiy shahar bo`lagini tashkil qiladi. Volidai Abdulazizxon masjidi ikki bo`limdan iborat. Qishgi va yozgi. Qishgi masjid oliy gumbazli bo`lib, yozgi masjid esa gumbazli va ayvonli hisoblanadi. Xonaqoy masjidi Volidai Abdulazizxonga atalib qurilgan. Shundan bilish mumkinki, Volidai Abdulazizxon masjidi XVI asrlarda qurilganligi taxmin qilinadi. Abdulazizxon otasi Ubaydulloxon vafot etganlaridan so`ng , 1540-yil Buxoro hukmdori bo`ldi. Abdulazizxonning piri murshidi Hazrat Shayx Jalol bo`lganlar. Abdulazizxon darveshlarga nisbatan sahovatli bo`lganlar. Bu zoti sharif ikki tilda ya`ni o`zbek va fors-tojik tillarida g`azallar yozganlar. Nasta`liq xatining ustozi, hushxat xattot edilar. Abdulazizxon Buxoroda ko`plab inshootlar barpo qilganlar jumladan, Volidai Abdulazizxon masjidi, Hazrat Bahouddin dahmalari va xonaqolari shu zoti sharif tomonidan qurdirilgan. Abdulazizxon qirq bir yoshida 1550-yil vafot qilganlar. Volidai Abdulazizxon masjidi mustaqillikgacha omborxona, paxtani qayta ishlash korxonasi bo`lib kelgan.
Mustaqillikning sharofati bilan madaniy meros mulkiga kiritilib fuqarolarning diniy ehtiyojlarini qondiradigan masjid bo`lib faoliyat ko`rsatib kelmoqda.

Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Jubor ko‘chasi
Geografik kenglik (latitude): 39.766028
Geografik uzunlik (longitude): 64.403639
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914180002
Website: -
Narx:-
Xizmatlar:
Birinchi sharhni siz qoldiring.
Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.