Tarixiy va madaniy maskanlar

“Vardoznze” qo‘rg‘oni

Buxoro viloyati | “Vardoze” MFY

60.0 (0)

Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida qayd etilishicha, Vardona (Vardonze) katta bir qishloq boʻlib, Buxoro shahridan ham qadimiyroqdir.U yerda haftada bir kun bozor boʻlib, savdogarlar koʻp kelishgan.

Vardonze (Varzonze, Vardona, Vardanzi) — Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi "Qoʻrgʻoni Vardonze" nomi bilan mashhur yodgorlik (VI—XIX asrlar). Qoʻrgʻonning uzunligi 110 metr, kengligi 60—70 metr, balandligi 45—50 metr.

Vardonxudotlarning maxsus qarorgohi boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, Shopurkom atamasi Sosoniylar shahzodasi Shopur ismidan olingan. Shopur Buxoroga kelib, Buxorxudotdan yer olib qasr va qishloq qurdirgan va unga ariq keltirgan. Narshaxiyning yozishicha, bu katta bir qishloq boʻlib, koʻhandizga, katta va mustahkam hisorga ega. U Turkistonning chegarasida joylashgan. U joyda har haftada bir kuni bozor boʻlib savdogarlar koʻp kelar edi. Arablar hujumi arafasida (VIII asr boshi) Vardonze Buxorodan alohida mustaqil podsholik poytaxtiga aylangan. Vardonze hukmdori Vardonxudot arablar uchun Buxorxudotlardan xavfliroq boʻlgan. X asrda Vardonze obod shahar edi. Amir Temur Turonda hokimiyatni egallashdan avval opasi va boshqa yaqinlarini Vardonze va Zandonachida qoldirgan. Vardonzeda toʻqilgan kaʼbapoʻsh Makkaga olib borilgan. Akademik Yahyo Gʻulomovning arxeologik va etnolografik kuzatishlari Vardonzening XX asr oxirlarigacha obod savdo-hunarmandchilik shaharchasi boʻlib kelganligini koʻrsatadi. XVIII—XX asr boshlarida Vardonze Buxoro amirligining Shofirkon tumani markazi boʻlgan. XVIII—XIX asrlarga kelib Buxoro amirligi va Xiva xonligi oʻrtasidagi ichki nizolardan Vardonze ancha jabrlangan. Sadriddin Ayniy guvohlik berishicha, 1880-yillarda Vardonze va uning atroflarini qattiq shamol natijasida kuchli qum bosadi. Shunday boʻlishiga qaramasdan, Vardonze XX asrning boshida ham obod boʻlib, savdo va hunarmandchilik markazi sifatidagi oʻz mavqeini saqlab qoldi. Mulla Qurbonjon Fitrai Vardonzehiy Buxoriy (vafoti 1888-yil) Vardonzeda tugʻilib oʻsgan boʻlib, tojik va oʻzbek tillarida sheʼrlar yozgan, Buxoroning mashhur qozilaridan biri boʻlgan. Vardonze va uning atroflari Buxoro amirligi, qizil askarlar tomonidan tugatilgach, BXSRda boshlangan mujohidlar harakatining asosiy markazlaridan biriga aylandi (1920—1924-yillar). Aholi 1954-yilgacha Vardonze qoʻrgʻonida yashagan, soʻnggi qum bosishdan keyin uni tark etishga majbur boʻlgan. Bugungi kunga kelib Vardonze oʻrnida qoʻrgʻon tepalik mavjud. Qoʻrgʻonning ustida marmartosh saqlanib qolgan. Hozirgi paytda qoʻrgʻon atrofi nurab, ancha yemirilib, ayrim joylari oʻpirilib ketgan. Bu hududda Qoʻrgʻoni Vardonze, Koʻhna Vardonze qishloqlari bor. Vardonze davlat tabiat yodgorligi tashkil qilingan.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Buxoro viloyati

Manzil: “Vardoze” MFY

Geografik kenglik (latitude): 40.267897

Geografik uzunlik (longitude): 64.731906

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998990781740

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.