Bolalar oromgohlari

URGANCH

Xorazm viloyati | Cholish shaxarchasi, K.Otaniyozov MFY, Istiqlol ko‘chasi 27-uy

10.0 (0)

“URGANCH” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Urganch shahridan 15 km uzoqlikda, ekologik toza hududda joylashgan

“URGANCH” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Urganch shahridan 15 km uzoqlikda, ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik gujum va terakzorlarga boy bo‘lgan 7 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.

Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 8-12 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.

Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Piyoda yurish uchun oromgoh hududida ekotroplar yotqizilgan.

Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar tomosha qilish joylari, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi  kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.

Sizni “URGANCH” oromgohimizda  yozgi sarguzashtda kutamiz!

Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Xorazm viloyati

Manzil: Cholish shaxarchasi, K.Otaniyozov MFY, Istiqlol ko‘chasi 27-uy

Geografik kenglik (latitude): 41.639361

Geografik uzunlik (longitude): 60.684958

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998900000000

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/63/urganch-oromgoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Ekologik yo‘llarning mavjudligi
  • Videokuzatuv
  • Kuchaytirilgan malakali xavfsizlik
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.