“Umid nihollari” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mavsum davomida jami 800 nafar bolalar dam oladilar. Barcha sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu maskanda korxona va tashkilolar xodimlarining farzandlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazadilar.
“Umid nihollari” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mavsum davomida jami 800 nafar bolalar dam oladilar. Barcha sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu maskanda korxona va tashkilolar xodimlarining farzandlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazadilar.
Soya-salqin va ertakmonand bezatilgan mazkur oromgohda bolalar maroqli dam olishlari uchun oromgoh rahbariyati va tarbiyachilari tomonidan katta tayyorgarlik ishlari olib borildi. Farzadlarimizning dam olishlari bilan birga ularga turli xil mavzularda bilim va ko‘nikmalar o‘rgatish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Oromgohda fan, badiiy ijod, sport to‘garaklari, festivallar va ko‘rgazmalar, ijtimoiy aksiyalar hamda sport musobaqalari bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Futbol, voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi, kompyuter to‘garaklari, jismoniy mashqlar maydonchasi (workout), 25x12,5 hajmdagi usti ochiq basseyn (kiyinish va yechinish xonalari bilan), 40x20 hajmda mini futbol maydoni, 200 o‘rinli oshxona va amfiteatr bolalar ixtiyorida.
Bundan tashqari dam olish maskanidagi 2 000 dan ziyod kitob fondiga ega axborot-resurs markazi bolalarning sevimli maskaniga aylanishi tayin. Sport musobaqalari, raqs, rassomchilik, mohir qo‘llar, karaoke to‘garaklari bolalarning bilimini oshirish va qiziqishi bo‘yicha hunar o‘rganishlarida keng imkoniyat beradi.
Xulosa qilib aytganda ta’til - bolalarning miriqib dam olishlari, turli tadbirlarda ishtirok etib, ijodiy va tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga keng imkon beruvchi davr. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda ushbu maskanlarning ham o‘rni muhim hisoblanadi.
Biz bolajonlarni “Umid nihollari” oromgohimizda yozgi sarguzashtda kutamiz!