Andijon viloyati | Uzbekistan, Andijan region, Ulugnorsky Mahalla Committee, Nurshad Street, 17
Bu joylarda 50 yillik tarixga ega chinorlar, ko‘k teraklar va o‘rikzorlar bo‘lganligi sabab, oromgoh maydonining aksariyat qismi soya-salqin hisoblanadi.
"ULUG‘NOR" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi maktabning boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun dam olish maskani bo‘lib, Andijondan oqib keluvchi “Qoradaryo” va Namangandan oqib keluvchi “Norin” daryolarining qo‘shilgan qismi, Sirdaryoning boshlanishida, qadimgi “Mingbuloq” qishlog‘i yonida joylashgan bo‘lib, o‘ziga xos mikroklimatga ega.
Oromgoh Sirdaryoning eski o‘zanining qirg‘og‘i bo‘lmish balandlikda bo‘lgani sababli, bu yerda xar kuni yengil shabboda esib turadi. Bu joylarda 50 yillik tarixga ega chinorlar, ko‘k teraklar va o‘rikzorlar bo‘lganligi sabab, oromgoh maydonining aksariyat qismi soya-salqin hisoblanadi.
Turar joylarimiz barcha qulayliklarga ega. Oshxonamizda kuniga 5 ta mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun navbatchilik qilishadi.
Kunlik reja asosida tajribali yetakchi va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahoratdarslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar.
Bolajonlar to‘garaklarimizga a’zo bo‘lib rassomchilik, kashtachilik san’atini o‘rganishlari, moxir qo‘llar to‘garagida esa qo‘l mehnati bilan o‘yinchoqlar yasashlari mumkin.
Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Tomosha sahnasida konsertlar va spektakllar sahnalashtirishlari, yozgi kinoteatrimizda kino va multfilmlar ko‘rishlari, kutubxonamizda qiziqarli kitoblar o‘qishlari, basseynda cho‘milishlari mumkin. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Sizni "ULUG‘NOR" oromgohimizda yozgi sarguzasht uchun kutamiz!