Qoraqalpog'iston Respublikasi | Nukus, Makhalla Committee "Chimboy Guzari", house 80A, Barokatli Street
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi “TURON” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sog‘lomlashtirish imkoniyatini beradi.
“Turon” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Nukus shahri markazidan 13 km uzoqlikda, shahar chekkasida, ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p yillik chinorlar bilan to‘ldirilgan 2,8 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.
Turar joylar yozgi cherdaklar ostida, yoz mavsumida salqin bo‘ladigan qulayliklarga ega. Ovqatlanish xonasida namuna taomnoma asosida, autsorsing xizmati tomonidan kuniga 5 mahal mazali va bir-biridan foydali taomlar taklif etiladi.
Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik tashkil qilingan.
“TURON” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bolalar uchun qiziqarli tadbirlarni taklif etadi. Shu bilan birga sport musobaqalari, hunarmandchilik mashg‘ulotlari, zakovat o‘yinlari va ijodiy, madaniy tomoshalar tashkil etiladi.
Tajribali va mehridaryo tarbiyachi hamda yetakchilarimiz bolalarning o‘z imkoniyatlarini rivojlantirish, yangi do‘stlar orttirish, yangi ijtimoiy muhitga tez moslashish kabi qobiliyatlarini shakllantiradilar. Unutilmas lahzalarni jamoa bilan birgalikda yaratishlari mumkin bo‘lgan bir-biridan qiziqarli harakatli o‘yinlar va kechalar tashkil etib boradilar.
Sizni quyidagi qulayliklar kutmoqda:
O‘yin maydonchalari Oliy toifali pediatr
Interaktiv to‘garaklar Ekskursiyalarni tashkil etish
Ekologik yo‘llarning mavjudligi Kuchaytirilgan malakali xavfsizlik
Kuniga besh mahal ovqat Bepul Wi-Fi
Zamonaviy tibbiyot xonasi Zamonaviy jihozlangan oshxona
Filmlar namoyish Hunarmandchilik ustaxonasi
Sayr va piknik uchun joylar Yumshoq matraslar
Zamonaviy suv havzasi Sport maydonchalari
Voleybol maydonchalari Basketbol maydonchalari
Ajoyib xotiralar bilan esda qoladigan yozgi mavsumni biz bilan o‘tkazing!
Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Yozni unutilmas taassurotlar bilan o‘tkazishni istasangiz, albatta bizning oromgohimizni tanlang, biz sizni kutamiz!