Bolalar oromgohlari

TOVUL

Farg'ona viloyati | Tovul shaharchasi, Mustaqillik ko'chasi, 205

10.0 (0)

Turar joylar qulayliklarga ega bo‘lib, shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi.

    TOVUL”  oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani, Yuqori Tovul MFY, Mustaqillik ko‘chasi 205 uyda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar va daraxtlarga boy bo‘lgan 2.7 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.

     Turar joylar qulayliklarga ega bo‘lib, shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.

     Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda stol tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Piyoda yurish uchun oromgoh hududida maxsus yo‘laklar mavjud.

     Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.

     Sizni “TOVUL”  oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

     Smenalar 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

     Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Farg'ona viloyati

Manzil: Tovul shaharchasi, Mustaqillik ko'chasi, 205

Geografik kenglik (latitude): 40.43276

Geografik uzunlik (longitude): 70.545012

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998990001288

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/35/tovul-oromgoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Ekologik yo‘llarning mavjudligi
  • Videokuzatuv
  • Kuchaytirilgan malakali xavfsizlik
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.