Tarixiy va madaniy maskanlar

Timi Abdullaxon

Buxoro viloyati | Haqiqat ko‘chasi

50.0 (0)

Abdullaxonning Tim shuningdek, Abdullaxonning Savdo gumbazi sifatida ham tanilgan, O‘zbekistondagi Buxoroning tarixiy markazidagi an’anaviy yopiq bozordir. U 16-asrda to‘g‘rirog‘i 1577-yilda, o‘zbek Shayboniylar sulolasidan bo‘lgan Iskandarxonning rasmiy hukmronligi davrida qurilgan. O‘sha davrda Buxoro xonligining haqiqiy hukmdori uning o‘g‘li Abdullaxon II bo‘lgan.

Abdullaxon timi (Timi Abdullaxon) — Buxoro xonligidagi gumbaz bilan qopgangan usti yopiq bozorlardan biri boʻlgan. Buxoro xoni shayboniy Abdullaxon II davrida 1577-yilda bunyod etilgan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi

Abdullaxon timi usti yopiq eng katta savdo rastalaridan biri hisoblangan. Abdullaxon timi Katta tim yaʼni Timi Kalon kabi nom bilan ham atalgan. Ushbu tim shayboniylardan Buxoro xonligi hukmdori Abdullaxon II davrida 1577-yilda gazlamalar sotish maqsadida qurilgan. Mazkur tim asosiy savdo koʻchasida joylashgan va 6 ta ravoqli darvozadan iborat boʻlgan. Bu inshootda sakkiz gumbazli xona boʻlib, savdo doʻkonlari tutashgan. Abdullaxon timida asrlar davomida gazlamalar sotilgan. XX asr boshlarida timda shoyi va boshqa turdagi gazlamalar sotilgan. Gazlamalar maxsus sandiqlarda saqlangan. Mazkur tim oldida XVI asr oxirlarida Choxarsoʻyi Darun yaʼni Ichki doʻkon mavjud boʻlgan va ushbu doʻkonni har xil mollar sotishga moʻljallangan 30 ga yaqin doʻkoni boʻlgan. Bu yerda toʻrtta gilam va toʻrtta etik sotadigan doʻkon ham boʻlgan. Xorijdan kelgan savdogarlar ham ushbu usti yopiq bozorda savdo-sotiq qilishgan. Galina Pugachenkova maʼlumotlariga koʻra timdagi ravoqli taxmonlar 56 ta doʻkonni hosil qilgan. Gumbaz yuqorisidagi tuynuklardan yorugʻlik tushib turgan. Abdulaxon timidagi markaziy xona atroflari kichik gumbazlar bilan oʻrab olingan. Mazkur timda Shoyi bozori boʻlgan. Abdullaxon timi koʻp gumbazli va koʻp arkonli meʼmorchilik obyektlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda Abdulaxon timida gilam doʻkonlari va savdo rastalari faoliyat yuritmoqda.

Meʼmorchiligi

Buxorodagi eng katta usti berk savdo rastasi. Ab-dullaxon davrida qurilgan. (1577). Abdullaxon timi asosi murabba tarxli (39X42 metr), 3 tomoni berk, bosh tarzidagi peshtoq orqali kiriladi. Devorlarining 2 tomonida ravoqli tokchalar joylashgan. Baland gumbazli bostirma timni oʻrab turadi. Oʻrtadagi miyonsaroy (diametri — 10 metr) baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli teshiklardan yorugʻ tushadi. Miyonsaroy atrofi dalon. Dalon-dagi mayda ravoklar ichida gumbaz tom-li doʻkonlar boʻlgan. Bino pishiq gʻisht-dan (22x27x3,5 sm) qurilgan, devorlari ganch suvoqi, naqshin bezaklari deyarli saqlanmagan. Oʻtmishda bu yerda shoyi, jun gazlama bilan savdo-sotiq qilingan. Abdullaxon timi Buxoro shahridagi savdo rastalari, chor-su-toq binolari ichida eng kattasi va shaklu shamoyili jihatidan ancha murakkab va xushbichim hisoblanadi. Bir necha bor taʼmirlangan, savdo doʻkonlari joylashgan.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Buxoro viloyati

Manzil: Haqiqat ko‘chasi

Geografik kenglik (latitude): 39.77593

Geografik uzunlik (longitude): 64.41742

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998914108300

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.