Joylashuv va aloqa
Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Buxoro viloyati
Geografik kenglik (latitude): 39.77893
Geografik uzunlik (longitude): 64.3975
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914108300
Website: -
Tarixiy va madaniy maskanlar
Buxoro viloyati | Buxoro viloyati
Talipoch darvozasi 1557—1598-yillarda Shayboniy hukmdor Abdullaxon II davrida bunyod etilgan. Buxoroning g‘arbiy qismida yangi xiyobon barpo ettirgan hukmdor katta tepalik yaqinida bu darvozani qurdirgan.
Talipoch darvozasi 1557—1598-yillarda Shayboniy hukmdor Abdullaxon II davrida bunyod etilgan. Buxoroning g‘arbiy qismida yangi xiyobon barpo ettirgan hukmdor katta tepalik yaqinida bu darvozani qurdirgan. Shayboniy hukmdorlar qurilishning oʻziga xos qoidalariga qatʼiy amal qilish, bular — qurilishning puxta oʻrganilgan rejasi, joyning aniq va toʻgʻri tanlanishi, isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, shoshma-shosharlik qilmaslik, turli xil inshootlar, shu jumladan, mudofaa devori yonida moʻʼtadil iqlimni yaratuvchi kanallar, ariqlar, bogʻlar, hovuzlarning joylashishiga asosiy eʼtiborni qaratganlar. Bu darvoza orqali Amirobod, Chorbakr, Jondor, Xorazmga borilar edi. Bundan tashqari darvoza orqali Xoja Ubon va Ogʻoibuzruk ziyoratgohlariga borilgan. Talipoch darvozasi hozirgi kunda oʻz holicha saqlanib qolingan darvozalardan biri hisoblanadi. Buxoro darvozalarining umumiy uzunligi 12 km.dan iborat boʻlgan va Buxoro qalʼasi devorlarining balandligi 10 metr, qalinligi 5 metr hisoblangan.
Meʼmorchiligi
Darvoza ikki „guldasta“, arka, ravoq, kanos kitebali qilib, usti kungurali gultoj bilan bezatilib, qadimiy qal’a devorlariga moslashtirib qurilgan. Zinda fil Ahmad Jomiy qabrlari ziyoratgohi ham shu darvoza yaqinida joylashgan. XX asrning 50-yillarida xaroba holida mavjud boʻlgan. Darvoza 1960-yilda usta Aminjon Salomov hamda Mubin Mo‘minov, 2005-yilda esa Soli Karimov tomonidan qayta taʼmirlandi. Hozirgi vaqtda Talipoch darvozasi yonida Buxoro Markaziy bozori qad rostlagan. 2022-yil 11-mart kuni yomg‘ir yogʻishi oqibatida „Talipoch qal’a darvozasi“ chap tomonidagi qal’a devorining bir qismi qulab tushgan. Talipoch darvozasi „2022-yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining manzilli ro‘yxati“ga kiritilgan.Talipoch darvozasini taʼmirlash maqsadida Respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan 1,0 mlrd. soʻm ajratilgan

Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Buxoro viloyati
Geografik kenglik (latitude): 39.77893
Geografik uzunlik (longitude): 64.3975
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914108300
Website: -
Narx:-
Xizmatlar:
Birinchi sharhni siz qoldiring.
Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.