Bolalar oromgohlari

TABASSUM

Navoiy viloyati | Qiziltepa tumani, Xamrabot MFY 96 A-uy

10.0 (0)

7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Navoiy shahridan 50 km uzoqlikda, to‘rt tomonida anhorlar mavjud  ekologik toza hududda joylashgan.

“TABASSUM” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Navoiy shahridan 50 km uzoqlikda, to‘rt tomonida anhorlar mavjud  ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar, mevali manzarali daraxtlarga to‘la bo‘lgan ajoyib dam olish uchun qulay maskan hisoblanadi.

     Turar joylar qulayliklarga ega bo‘lgan shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida malakali oshpazlar tomonidan tayyorlanadigan sifatli va koloriyaga boy, mazali va foydali taomlardan lazzalanadilar. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda viloyat Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.

     Har kuni tajribali tarbiyachi va yetakchilar bolalar uchun turli xil interaktiv o‘yinlar, mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Kitobxonlik, aktyorlik, musiqa, qo‘l san’atlari rassomchilik shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.

     Dam oluvchi bolalar ixtiyorida konsertlar va spektakllar uchun joylar, o‘yin va sport maydonchalari, kutubxona, dam olish joylari hamda suzish havzasi mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.

     Sizni “TABASSUM” oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

     Bolalar dam olish mavsumi 2024 yil 6 iyundan 31-avgustgacha bo‘lib, 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

     Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Navoiy viloyati

Manzil: Qiziltepa tumani, Xamrabot MFY 96 A-uy

Geografik kenglik (latitude): 40.091722

Geografik uzunlik (longitude): 64.841582

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998900000000

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/25/tabassum-oromgoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Ekologik yo‘llarning mavjudligi
  • Videokuzatuv
  • Kuchaytirilgan malakali xavfsizlik
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.