Qashqadaryo viloyati | Yakkabog‘ tumani, Eskiyakkabog‘ shaharchasi, Guliston ko‘chasi, 200-uy
"SIRLI KOINOT" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Yakkabog‘ tumani markazidan 22 km uzoqlikda joylashgan.
"SIRLI KOINOT" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Yakkabog‘ tumani markazidan 22 km uzoqlikda, hisor tog‘lar etagida, Qizil daryo bo‘yida, ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar bilan o‘ralgan 25.9 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.
Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 2,4,12 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.
Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar uchun joy, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Sizni "SIRLI KOINOT" da yozgi Oromgohimizda kutamiz!
Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan masumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.
Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!