“SHO‘XAY” 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi, Farg‘ona viloyati, Furqat tumani, G‘uncha Sho‘xay qishlog‘ida ekologik toza hududda joylashgan
“SHO‘XAY” 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi, Farg‘ona viloyati, Furqat tumani, G‘uncha Sho‘xay qishlog‘ida ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar va daraxtlarga boy bo‘lgan 1.2 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.
Turar joylar qulayliklarga ega bo‘lib, shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.
Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda stol tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Piyoda yurish uchun oromgoh hududida maxsus yo‘laklar mavjud.
Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatri, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Sizni “SHO‘XAY” oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!
Smenalar 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.
Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!