"SHO‘RTAN QALDIRG‘OCHI" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Yakkabog‘ shahridan 35 km uzoqlikda, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan
"SHO‘RTAN QALDIRG‘OCHI" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Yakkabog‘ shahridan 35 km uzoqlikda, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlarga to‘la 9.3 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.
Turar joylar qulayliklarga ega, 25-30 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyat vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.
Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar joyi, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Sizni "SHO‘RTAN QALDIRG‘OCHI" oromgohida yozgi ta’tilda kutamiz!
Smenalar 5-iyundan 05-avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.