Bolalar oromgohlari

SHIFOKOR

Andijon viloyati | Andijan region, Bulakbashi district, Mahalla Committee of Sarbontep, Yuksalish St., 37

10.0 (0)

Oromgohda bolajonlar uchun 6 ta yotoqxona binosi mavjud bo‘lib, binolar 40 nafar va 50 nafar bolajonlar uchun shinam xonalardan iborat.

  “SHIFOKOR” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Andijon shahridan 22 km uzoqlikda, Buloqboshi tumanidagi “Shirmonbuloq” dam olish maskanlari atrofida, tog‘lar yon bag‘ridagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar va o‘zidan nafas yo‘llari uchun toza kislorod ishlab chiqaradigan archalarga boy hududdagi 9.2 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.

     Oromgohda bolajonlar uchun 6 ta yotoqxona binosi mavjud bo‘lib, binolar 40 nafar va 50 nafar bolajonlar uchun shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 mahal mazali va foydali taomlar taklif etiladi.

     Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.

     Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, qo‘l ishi san’atlari va boshqalar shular jumlasidandir.

     Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, shaxmat-shashka, bandminton va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.

     Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish xonalari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tashkil etiladi.

     Sizni “SHIFOKOR” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

     Smenalar 1 iyundan 31 avgustgacha bo‘lgan  oraliqda 12 kunlik dastur asosida tashkil etiladi.

     Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Andijon viloyati

Manzil: Andijan region, Bulakbashi district, Mahalla Committee of Sarbontep, Yuksalish St., 37

Geografik kenglik (latitude): 40.580865

Geografik uzunlik (longitude): 72.496073

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998903889262

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/21/shifokor-oromgoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • What Amenities Await You
  • Playgrounds
  • Pediatrician of the highest category
  • Interactive circles
  • Organization of excursions
  • Availability of ecological trails
  • Video surveillance
  • Enhanced qualified security
  • Five meals a day
  • Free Wi-Fi
  • Modern Medical Room
  • Modern Equipped Kitchen
  • Film and Video Equipment
  • Picnic and Recreation Areas
  • Comfortable beds
  • Sports fields
  • Sports fields: Volleyball

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.