Joylashuv va aloqa
Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: M.Iqbol ko'chasi
Geografik kenglik (latitude): 39.765829
Geografik uzunlik (longitude): 64.405856
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914108300
Website: -
Tarixiy va madaniy maskanlar
Buxoro viloyati | M.Iqbol ko'chasi
Shayx Jalol darvozasi — Buxoroda (O‘zbekiston) asl joyida qayta tiklangan qal’a darvozasi bo‘lib, Buxoro qal’asi devorining janubi-g‘arbiy qismiga o‘rnatilgan. Ushbu darvoza eski shahar darvozalaridan biri hisoblangan, chunki ular mozaik bezaklarining asl qoplamasi qoldiqlarini saqlab qolgan yagona eshiklar hisoblanadi. Darvoza Buxoroni shaharning yaqin chekkalari bilan bog‘lagan.
Shayx Jalol darvozasi XVI asrda Shayboniy hukmdor Abdulazizxon davrida qayta tiklangan. Darvoza Buxoroning janub tomonida joylashgan boʻlib, shonli tarixga ega bo‘lgan darvozalardan biri hisoblanadi. Darvoza baʼzi manbalarda „Jalolobod darvozasi“ shaklida ham uchraydi.
Darvozayi Shayx Jalol hamda shu nom bilan yuritiluvchi mahalla haqida 1691—1692-yilga oid hujjatlarda maʼlumotlar uchraydi. O‘sha davrda Shayx Jaloliddinga murid bo‘lgan Abdulazizxon hazrat shayx sharafiga ilgari Darvozayi boboi morkushon nomi bilan mashhur bo‘lgan darvozani uning nomi bilan ataydi. Abdulazizxon 1549—1550-yillar oralig‘ida darvozani taʼmirlab, koshin burish rangli g‘ishtlar bilan jilo berib, unga yaqinroq joyda xonaqoh, hovuz, minora hamda hujralar qurdiradi.
Darvozadan tashqarida juda katta bog‘lar bo‘lib, shu qatori Xo‘ja Ismatulloh Buxoriy bog‘lari hamda maqbaralari ham shu hududda joylashgan.
Meʼmorchiligi
Darvozaning balandligi 11-12 metr bo‘lib, kengligi 14×20, tashqi hamda ichki tomonida peshtoqlari bor. Abdulazizxon darvozaninig ustki qismini gultoj bilan bezatib, xonaqoh ustiga ko‘k gumbazlar qurishni buyuradi. Ushbu gumbazga eʼtibor berilmay quyilganligi bois 1898-yilda uning koshinlari ko‘chib tushgan. Mazkur davr ustalari gumbazni qayta tiklay olmaganlar. Qarovsizlik sababli xonaqoh, minora, hovuz, darvoza ham vayronaga aylangan. 1968-yilda toʻliq buzib tashlangan.
2008—2009-yillar oralig‘ida tayyorlangan loyihaga asosan usta-meʼmorlar Muzaffar Mirzayev hamda Sharif Rahimovlar tomonidan Darvozayi Shayx Jalol qaytadan qurilgan. Yon atrofidagi qadimiy qal’a devori ham tiklangan.

Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: M.Iqbol ko'chasi
Geografik kenglik (latitude): 39.765829
Geografik uzunlik (longitude): 64.405856
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914108300
Website: -
Narx:-
Xizmatlar:
Birinchi sharhni siz qoldiring.
Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.