Jizzax viloyati | Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Tinchlik MFY, Uobsoy ko‘chasi, 428-uy
Oromgohda barcha standartlarga mos ravishda qurilgan shinam yotoqxonalar, keng va yorug‘ oshxona, sport maydonchalari, stol tennisi, basseyn mavjud.
"SHAROF RASHIDOV" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi uzoq yillardan buyon bolalarning maroqli dam olishlari uchun xizmat qilib kelmoqda. Oromgohda barcha standartlarga mos ravishda qurilgan shinam yotoqxonalar, keng va yorug‘ oshxona, sport maydonchalari, stol tennisi, basseyn mavjud. Bu yerda bolalar qiziqarli sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert dasturlari hamda to‘garaklarda ishtirok etib, o‘z dunyoqarashlarini yanada boyitib borishlari mumkin.
Oromgoh joylashgan hududning yashillikka burkangan tabiati barchaga birdek manzur bo‘lishiga hech shubha yo‘q. Baland va viqorli tog‘lar, sharqirab oquvchi soy, ko‘p yillik mevali va manzarali daraxtlar, yoqimli hidlarga boy, turli-tuman gullar va toza ob-havosi insonga kayfiyat bag‘ishlaydi.
Bundan tashqari tajribali tarbiyachi va yetakchilar farzandlaringiz uchun turli xil mahorat darslari, o‘yinlar, sayohatlar va kechki tadbirlarni o‘tkazib borsalar, tibbiyot xodimlari ularning salomatligini, ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar xodimlari ularning xavfsizligi ta’minlaydilar.
Oromgohimizda farzandlaringiz uchun 12 kunlik maroqli hordiqni kafolatlaymiz!!!