Samarqand viloyati, Ishtixon tumanidagi "SHABNAM" oromgohi Ishtixon tumanining bahavo va go‘zal qismida joylashgan bo‘lib, 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sog‘lomlashtirish imkonini beradi.
"SHABNAM" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Ishtixon tumani markazidan 10 km uzoqlikda, uzumzor va bog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar bilan o‘ralgan 5.2 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.
Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 25 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va viloyat Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.
Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Jumladan, aktyorlik, musiqa, xoreografiya, rabototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Dam oluvchilarning ixtiyorida spektakllar va konsertlar o‘tkazish joyi, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Sizni "SHABNAM" oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!
Smenalar 10 iyundan 31 avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.
Biz bolajonlarni oromgohda kutamiz!