Joylashuv va aloqa
Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: “Sayfiddin Boxarzi” MFY, Sharq 2 mavzei
Geografik kenglik (latitude): 39.766638
Geografik uzunlik (longitude): 64.444856
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914108300
Website: -
Maqbaralar
Buxoro viloyati | “Sayfiddin Boxarzi” MFY, Sharq 2 mavzei
Buxorodagi me’moriy yodgorlik (13—14-a. lar). Buxoroning sharqiy qismi (eski Fathobod mavzei) da 2 maqbara Bayonqulixon maqbarasi va Sayfiddin Boharziy Maqbarasi bunyod etilgan. Sayfiddin Boharziy Maqbarasining kichik go‘rxonasi (13-a. 2-yarmi) va ziyoratxonasi (14-a. 2-yarmi) charxi gumbazli.
Sayfiddin Boharziy maqbarasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (XIII—XIV-asrlar). Buxoroning sharqiy qismi (eski Fathobod mavzei)da 2 maqbara — Bayonqulixon maqbarasi va Sayfiddin Boharziy maqbarasi bunyod etilgan.
Sayfiddin Boharziy maqbarasining kichik goʻrxonasi (XIII asr ikkinchi yarmi) va ziyoratxonasi (XIV asr ikkinchi yarmi) charxi gumbazli. Bosh tarzidagi peshtoq chuqur ravoqli, 2 yoniga guldastalar ishlangan. Peshtoq va guldasta oraligʻidagi yassi mehrobiy tokchalarga tuynuklar qilingan. Peshtoq yuqorisida ravoqli darchalar bor. Ziyoratxona va goʻrxona ichidagi gumbaz osti bagʻali 8 va 16 qirrali muqarnas bezaklar bilan toʻldirilgan. Maqbaraga Shayx Sayfiddin Boharziy, uning 2 oʻgʻli Jamoliddin Muhammad va Mazhariddin Mutahhar, shuningdek, nevarasi Abu Mufaxir Yahyo, evaralari Xovand Burhoniddin, Ruhiddin Shayx Dovudlar dafn etilgan. Amir Temur Buxoroga tashrif buyurganda Shayx qabrini albatta ziyorat qilgan. Uning farmoni bilan maqbara obod qilinib, ziyoratxona va sharqiy peshtoq qurilgan. Shayx qabri ustidagi yogʻoch sagʻananing yasalish uslubi, zarhal bezaklari Amir Temur davri yogʻoch oʻymakorligi sanʼatining noyob yodgorligi hisoblanadi. Sagʻanada tugʻilgan va vafot etgan sana, Qurʼondan oyatlar, Shayxni madh etuvchi madhiyalar, rangbarang naqshlar oʻzaro uygʻunlashgan. Mustaqillikdan keyin Sayfiddin Boharziy maqbarasi qayta taʼmirlanib, yodgorlik atrofida goʻzal Fathobod bogʻi bunyod etildi.

Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: “Sayfiddin Boxarzi” MFY, Sharq 2 mavzei
Geografik kenglik (latitude): 39.766638
Geografik uzunlik (longitude): 64.444856
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914108300
Website: -
Narx:-
Xizmatlar:
Birinchi sharhni siz qoldiring.
Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.