Tarixiy va madaniy maskanlar

Samarqand darvoza

Buxoro viloyati | Abu Ali ibn Sino ko‘chasi

20.0 (0)

Samarqand darvozasi Buxoro shaharining shimoli-sharqiy tomonida joylashgan bo‘lib, ushbu darvoza orqali Samarqandga borilgan. Darvoza shayboniy hukmdor Abdulazizxon tomonidan qurdirilgan bo‘lib, 1557—1560-yillarda Abdullaxon II tomonidan qayta ta’mirlangan.

Samarqand darvozasi — Buxoro shahrining qadimiy darvozalaridan biri.

Tarixi

Samarqand darvozasi Buxoro shaharining shimoli-sharqiy tomonida joylashgan boʻlib, ushbu darvoza orqali Samarqandga borilgan. Darvoza shayboniy hukmdor Abdulazizxon tomonidan qurdirilgan bo‘lib, 1557—1560-yillarda Abdullaxon II tomonidan qayta taʼmirlangan. Samarqand yo‘li orqali G‘ijduvon, Qo‘qon, Toshkent va boshqa shaharlardan, uzoq xorijdan kelgan savdogarlar, mehmonlar shu darvozadan shaharga kirishgan. Darvoza yaqinida aravasozlik, yog‘och materiallari, deraza, eshik bozori bo‘lgan. Keyinchalik Amir Abdulahadxon (1885—1910), Amir Olimxon (1910—1920) davrida tiklangan yozgi saroy — Sitorai Mohi-Xossaga eltuvchi yo‘l shu darvoza orqali o‘tgani sababli, bu maskan savdogarlar uchun juda ahamiyatli hisoblangan. 1920-yilda Buxoroga qizil armiya hujumi natijasida, darvoza portlatilgan. Ushbu hujum natijasida Buxoro darvozalari ikkitaga kamaygan.

Meʼmorchiligi

Darvozaning balandligi 11,4 metr, qadimiy devor balandligiga teng bo‘lib, arka va timpanli, kitebasiz tekis qilib, bir nechta darichalar qo‘yib tiklangan, terakot hamda koshindan belbog‘li qilib jilo berilgan. „Guldasta“lari hamda ustki qismi chiroyli qirrali gultoj bilan bezatilib, qadimiy devorga bir xilda birlashtirilgan. Dilrabo Murodova tadqiqotlariga koʻra, 1959-yilning yanvar oyida ham darvoza mavjud bo‘lgan. Ushbu darvoza yonida Buxoro amirligi qoʻshini toʻplanadigan va harbiy koʻrik oʻtkaziladigan maydon boʻlgan. O‘tgan asrning 60-yillarida shaharni kengaytirish bahonasida inshoot buzib yuboriladi. Oʻzbekiston mustaqilligi tufayli qadimiy Buxoroning Samarqand darvozasi qayta tiklashga kirishildi. Arxivdan topilgan suratlar asosida darvozaning qurilish loyihasi tiklandi. Uning balandligi 11 metr, kengligi 13 metrni tashkil etadi. Darvoza qurilishida ishlayotgan qoʻli gul ustalarga oʻziga xos milliy uslubni saqlab qolish uchun qurilishda 200 mingta „obi gʻisht“ ishlatilishi aniqlandi. 2009-yil yanvar oyidan boshlab muhandis-meʼmor Mahmud Ahmedov loyihasi asosida asl qiyofaga mos qilib qayta tiklandi.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Buxoro viloyati

Manzil: Abu Ali ibn Sino ko‘chasi

Geografik kenglik (latitude): 39.783099

Geografik uzunlik (longitude): 64.421036

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998914108300

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.