Tarixiy va madaniy maskanlar

Sallohxona darvozasi

Buxoro viloyati | A.To‘qay ko‘chasi

20.0 (0)

Saloxxon darvozasi (o‘zbek: saloxxona darvozasi) - qal’a darvozasi, sobiq o‘rnida qayta tiklangan. Birinchi marta XVI asrning ikkinchi yarmida, o‘zbek hukmdori Abdulla Xon II davrida, o‘sha paytdagi Buxoro xonligining poytaxtida qurilgan. U Buxoro qal’asi devorining janubi-sharqiy qismida o‘rnatildi.

Salloxona darvozasi „Mir-Mas’ud“ darvozasi deb ham ataladi. Bu darvoza orqali oxund Yusuf Qorabogʻiy, Shamsul Aimma al-Kirdariy, Abdulloh Sabzamuniy, Gʻavsul Aʼzam ziyoratgohlariga borilgan. Salloxona darvozasi Shayboniy hukmdor Abdulazizxon tomonidan 1540—1549-yillarda qadimiy devor bilan birga qurilgan. O‘sha davrda ziyoratchilar uchun maqbara, masjid, hovuz, quduq va hujralar bunyod etilgan. Afsuski, ular bizning davrimizgacha yetib kelmagan. Salloxona darvozasi haqidagi maʼlumotlar vaqf hujjatlarida (1683—1684-yillar) uchraydi. Darvoza tashqi tomonida amir askarlari joylashgan bo‘lib, bu yerda 1920-yillarga qadar harbiy mashq o‘tkazilgan. Sobiq sho‘ro davrida ancha vaqtlar parad va anjumanlar shu maydonda o‘tkazilgan.

Meʼmorchiligi

Salloxona darvozasining balandligi 11 metru 10 sm, kengligi 21 metr, asosi bir yarim metrni tashkil etgan. Darvoza usti 21 ta gultojdan tuzilgan, „guldasta“lar ikki qavatli bo‘lib, soqchilar turadigan xonasi bo‘lgan. Shaharga kiraverishda yo‘lning o‘ng tomonida ikki qavatli Abdullabek hovlisi bo‘lgan. Uning yonida esa Arabon masjidi qurilgan bo‘lib, bu masjidda mahalla ahli namoz o‘qigan. Salloxona darvozasi orqali odamlar Toqi Sarrofon, Toqi Telpakfurushon va Toqi Zargarondan o‘tib, shaharning markaziy savdo rastalariga borishgan. 1920-yil kuzida shoʻrolar qizil qoʻshinlarining Buxoroga bosqini oqibatida tarixiy darvozlarga ham qattiq zarar yetgan. Buxoroning boshqa darvozalari qatori Salloxona darvozasi ham 2009-yil oktyabr oyidan boshlab qaytadan tiklandi va asl holatiga keltirildi. Bunyodkorlik va qurilish ishlarini usta-meʼmorlar Muzaffar Mirzayev hamda Sharif Rahimovlar olib bordi.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Buxoro viloyati

Manzil: A.To‘qay ko‘chasi

Geografik kenglik (latitude): 39.767979

Geografik uzunlik (longitude): 64.419598

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998914108300

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.