Bolalar oromgohlari

ROMITAN

Buxoro viloyati | Romitansky district, Kalaycharbog Mahalla Committee, Kalaycharbog village, House 261

10.0 (0)

Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ko‘ngilochar, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini taklif etadi.

  Oromgoh dam oluvchilari uchun tajribali yetakchi va tarbiyachilar tomonidan  mavsum davomida turli xil to‘garaklar, mahorat darslari, o‘yinlar, sayohatlar va kechki tadbirlar tashkillashtiriladi. Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ko‘ngilochar, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini taklif etadi. Smena davomida bolalar faol, intellektual, intensiv muhitda vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Oromgoh jamoasi bolalar xavfsizligini ta’minlaydigan va turli tadbirlarni olib boradigan tajribali professional xodimlardan iborat.

     "Romitan" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida sport, ijod, tabiat, kitobxonlik, IT kabi tematik tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarni o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish, turli to‘garaklar va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirishini ta’minlaydi. Bolalarga kuniga besh maxal ovqat taklif qilinadi.

     Oromgoh dasturi turizm, sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Bolalar ishtirokida vatanparvarlik tadbirlari, harbiylar, Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil qilinadi.                                                                                                              

     Oromgoh barcha zarur xavfsizlik va sanitariya-gigiyena standartlariga javob beradi. Biz oromgohda bolajonlarning vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz!

     Yoz mavsumida biz bilan birga bo‘ling!

     Yozgi mavsum davomida Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan oromgoh dam oluvchilaring uzluksiz xavfsizligi ta’minlanadi.

     Oromgoh 4-iyundan 10-avgustgacha bo‘lgan davrda 5 ta smenada faoliyat yuritadi.  Barcha tadbirlar 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

     Bolajonlarni ta’til vaqtida maroqli dam olish uchun oromgohimizda kutib qolamiz!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Buxoro viloyati

Manzil: Romitansky district, Kalaycharbog Mahalla Committee, Kalaycharbog village, House 261

Geografik kenglik (latitude): 39.932728

Geografik uzunlik (longitude): 64.290027

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998936889900

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/80/romitan-oromgoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Ekologik yo‘llarning mavjudligi
  • Videokuzatuv
  • Kuchaytirilgan malakali xavfsizlik
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.