Bolalar oromgohlari

QUYOSHCHA

Andijon viloyati | Andijan region, Boston district of Mustakillik

10.0 (0)

"QUYOSHCHA" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi maktabning boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun dam olish maskani

"QUYOSHCHA" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi maktabning boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun dam olish maskani bo‘lib, Bo‘ston tumanidagi 145 gektarlik “Bo‘z” o‘rmon xo‘jaligi hududida, ya’ni Andijon viloyatidagi eng yirik o‘rmon xo‘jaligi bo‘limi hududida joylashgan, o‘ziga xos mikroiqlimga ega. Oromgoh hududida doimiy yengil shabboda esib turadi. Toza havoga ega yerlarda 50-yillik tarixga ega chinorlar, ko‘k teraklar va o‘rikzorlar bo‘lganligi sababli, oromgohning aksariyat qismi soya-salqinliklarni tashkil etadi.

     Turar joylarimiz barcha qulayliklarga ega. Oshxonamizda kuniga 5 maxal ovqat beriladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan.Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.

     Kunlik reja asosida tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar.

     Bolajonlar turli xil to‘garaklarimizga a’zo bo‘lib, rassomchilik, kashtachilik san’atini o‘rganishlari, moxir qo‘llar to‘garagida esa qo‘l mehnati bilan o‘yinchoqlar yasashlari mumkin bo‘ladi.

     Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbolva futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.

     Dam oluvchilarning ixtiyoridagi saxnamizda konsertlar va spektakllar saxnalashtirish, o‘yin va sport maydonchalarida miriqib o‘ynashlari, yozgi kinoteatrimizda kino va multfilmlar ko‘rishlari, kutubxonamizda qiziqarli kitoblar o‘qishlari, basseynda mazza qilib cho‘milishlari mumkin bo‘ladi.

     Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.

     Sizni "QUYOSHCHA" oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

     Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

     Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Andijon viloyati

Manzil: Andijan region, Boston district of Mustakillik

Geografik kenglik (latitude): 40.792492

Geografik uzunlik (longitude): 72.205748

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998900000000

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/17/quyoshcha-oromgoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Playgrounds
  • Pediatrician of the highest category
  • Interactive circles
  • Organization of excursions
  • Availability of ecological trails
  • Video surveillance
  • Enhanced qualified security
  • Five meals a day
  • Free Wi-Fi
  • Modern Medical Room
  • Film and Video Equipment
  • Picnic and Recreation Areas
  • Comfortable beds
  • Sports fields
  • Sports fields: Volleyball
  • Sports fields: Basketball

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.