Bolalarning dam olishlari uchun boy tabiat, basseyn, bolalar maydonchasi, turli hil to‘garak mashg‘ulotlari xonalari, tadbirlar o‘tkazish uchun 120 kishilik sahna mavjud.
Bolalarning dam olishlari uchun boy tabiat, basseyn, bolalar maydonchasi, turli hil to‘garak mashg‘ulotlari xonalari, tadbirlar o‘tkazish uchun 120 kishilik sahna mavjud.
Turar joylar qulayliklarga ega shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taqdim etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.
Oromgohda tajribali yetakchilar va tarbiyachilar, to‘garak rahbarlari bolalar uchun turli xil mashg‘ulotlar, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, mohir qo‘llar, ingliz va rus tilini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar shular jumlasidandir.
Dam oluvchilar 12 kun mobaynida konsertlar va spektakllar, yozgi kinoteatr, kutubxona va dam olish joylaridan bahramand bo‘ladilar. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Sizni qiziqarli sarguzashtlar makoni bo‘lmish "QUVASOY" oromgohida kutamiz!
Bizning oromgohimiz faqat Quvasoyliklar uchun emas, balki Respublikamizning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyuruvchi bolajonlar uchun mo‘ljallangan.
Shuni unutmagan holda yo‘llanmalarimizni qo‘lga kiritib qoling.