Samarqand viloyati, Nurobod tumanidagi “QO‘SHCHINOR” oromgohi tumanning go‘zal va betakror qismida joylashgan bo‘lib, 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sog‘lomlashtirish maskanidir.
“QO‘SHCHINOR” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib ,Samarqand shahridan 25 km uzoqlikda, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar va shifobaxsh buloq suvlari, turli manzaralarga boy oromgohimiz bolalaringizga juda yoqadi.
Turar joylarimiz ham o‘z qulayliklariga ega bo‘lib, 2 katta yotoqxonalar yozning issiq kunlarida toza havodan bahramand bo‘lgan holda tinch va xotirjam dam olish imkonini beradi.
Ovqatlanish joyida kuniga 4 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv qurilmalari o‘rnatilgan. Bundan tashqari viloyat Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.
Har kuni tajribali yo‘riqchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlaridan kelib chiqib, ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika kabilan shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari esa bizning katta sport maydonimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Dam oluvchi bolalar konsert va spektakl tomosha qilishlari, o‘yinlar, yozgi kinoteatr, suzish havzasi va kutubxonalarda vaqtlarini quvnoq va mazmunli o‘tkazishlari mumkin. Har kuni bolalar ishtirokida o‘yinlar, tanlovlar, ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Sizni “QO‘SHCHINOR” oromgohida yangi sarguzashtlar maskanida kutamiz!
Smenalar 1 iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.
Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!