Bolalar oromgohlari

QO‘QON

Farg'ona viloyati | “Buloq boshi” MFY Oybek ko‘chasi 45-uy

80.0 (0)

Bolalar bu oromgohda nafaqat dam oladilar, balki “Zakovat”, “Bilim-ring”, “Debat” kabi bahs-munozaralarda ishtirok etib, o‘z bilimlarini mustahkamlab boradilar.

Bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olib qurilgan 2 xil o‘lchamdagi basseyn ayniqsa, dam oluvchilarning jonu-dili hisoblanadi.

Bolalar bu oromgohda nafaqat dam oladilar, balki, shahardagi o‘quv markazlari, kutubxonalar, hunarmandlik uyushmalari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining olimlari ishtirokida davra suhbatlari, “Zakovat”, “Bilim-ring”, “Debat” kabi bahs-munozaralarda ishtirok etib, o‘z bilimlarini mustahkamlab boradilar.

Qo‘qon azaldan san’atkorlar, olimu-fozillar, yozuvchi-shoirlar yurti bo‘lganligi uchun, har mavsumda albatta shahar markazidagi muhtasham teatr binosiga Muqimiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, yoshlar bog‘i, Xudoyorxon o‘rdasi, Allomalar muzeyi kabi tarixiy obidalarga sayoxatlar tashkillashtiriladi.

O‘zbekiston Xalq artisti, teatr va kino darg‘asi Shafoatxon Raxmatullayeva, O‘zbekiston Qahramoni Manzuraxon Madaliyeva, xushovoz xonandalar Mansurxon Nurmatov, Oybek O‘lmasov, Shaxlo Maxmudova, Olimjon Ne’matjonovlarning ijodiy uchrashuvlari, barkamol avlod markazi qoshidagi aviasozlik, robototexnika kabi to‘garak a’zolarining, Toshkent Madaniyat va San’at instituti talabalari, musiqa va san’at maktabi ijodkorlari, sirk san’ati va Qo‘qon dorbozlari, polvonlaru-masxarabozlarning oromgohga tashriflari bolajonlar uchun unutilmas sanalar bo‘lib qolishiga shubha yo‘q.

Oromgox atrofi to‘liq o‘ralgan bo‘lib, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi. Bundan tashqari 10 ta joydan videokuzatuv kameralari doimiy ishlab turadi.

Sog‘lomlashtirish oromgohida Qo‘qon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tavsiyasi bilan 20 nafar tajribali pedagoglar faoliyat ko‘rsatib, Bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish Departamenti tomonidan taqdim etilgan 12 kunlik namunaviy dastur reja asosida o‘z ishlarini tashkillaydilar.

Bundan tashqari ota-onalarga o‘z farzandlarini oromgohdagi yurish turishi, tadbirlardagi ishtirokini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, kuzatib turishlari uchun maxsus telegramm kanalimiz mavjud bo‘lib, unga bolajonlarimizni uyqudan turishidan tortib, to kechgacha bo‘lgan hatti-harakatlari haqidagi rasm va videoroliklar joylab boriladi.

Birinchi kuni tashrif buyurganda ko‘zlari jovdirab turadigan, biroq, ketishlaridan oldin ustozlari bilan yig‘lab xayrlashadigan bolajonlarni 12 kunlik oromgohdagi hayoti tushirilgan videodisklar bilan kuzatish faqat bizning oromgohimizga xos desak adashmaymiz.

Bizning oromgohimiz faqat qo‘qonliklar uchun emas, balki Respublikamizning barcha shahar tumanlaridan tashrif buyuruvchi bolajonlar uchun mo‘ljallangan.

Shuni unutmagan holda yo‘llanmalarimizni qo‘lga kiritib qoling.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Farg'ona viloyati

Manzil: “Buloq boshi” MFY Oybek ko‘chasi 45-uy

Geografik kenglik (latitude): 40.520071

Geografik uzunlik (longitude): 70.961258

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998990001029

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/30/qoqon-oromgoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Videokuzatuv
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Hunarmandchilik ustaxonasi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Zamonaviy suv havzasi
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.