Joylashuv va aloqa
Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Romish MFY
Geografik kenglik (latitude): 39.84509
Geografik uzunlik (longitude): 64.159662
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998939604014
Website: -
Ziyorat komplekslari
Buxoro viloyati | Romish MFY
Jondor tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (16—18-asrlar). Buxoro shahridan 30 km gʻarbda joylashgan.
Qizbibi ziyoratgohi (Ogʻoyi buzruk) – Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi meʼmoriy yodgorlik. Ziyoratgoh Buxorodan 30 km gʻarbda Varaxsha hududida joylashgan. Qizbibi tarixiy yodgorlik majmuasi boʻlib, XIV-XVIII asrlarda barpo etilgan. Ziyoratgoh Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Rivoyatlarga koʻra, Bibi Sharifa bir necha marotaba farzand koʻrmagan boʻlib, zodagonlar oilasidan boʻlgan. Bir necha yillardan soʻng u qiz bola farzand koʻradi va uning ismini Qizbibi deb qoʻyishadi. Qizbibining otasi arab boʻlib, sayyidlar avlodidan Ogʻoyi Buzkur boʻlgan. U hokim boʻlgan. Qizbibini Bibini Maxsumaipok deb ham atashgan. U hayoti davomida biror marta turmushga chiqmagan va oʻzi savzavot va mevalar ekib yetishtirgan. U oʻqimishli avliyolardan biri boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, Amir Sayyid Abdullo (Mir Arab) XVI asrda Qizbibiga sovchi yuborgan. U sovchilarga rad javobini bergan va ikkinchi marta ham Miri Arab Sovchi yuboradi. U sovchilarga shunday javob bergan: „Orqangizga qaytinglar, Miri Arab bu olamni tark etdi“. Sovchilar qaytishganida haqiqatdan ham Miri Arab vafot etganligiga ishonch hosil qilishgan. Qizbibi tarixiy yodgorlik majmuasi boʻlib, madrasa, masjid, chillaxona, dahma, qudiq va darvozaxonadan iborat. Majmua XIV-XVIII asrlarda barpo etilgan. Mahalliy aholi farzand istab, Qizbibi qadamjosidagi chillaxonani ziyorat qiladi va quduqdan suv ichishadi. Mustaqillik yillarida Qizbibi ziyoratgohida obodonchilik ishlari olib borilgan. Tarixchilar fikriga koʻra Jondor tumani Samonchiq qishlogʻida Bibi Maxsumaipok nomli tepalik boʻlib, qadammjo boʻlgan. Ziyoratgoh Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Qizbibi ziyoratgohi pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.

Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Romish MFY
Geografik kenglik (latitude): 39.84509
Geografik uzunlik (longitude): 64.159662
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998939604014
Website: -
Narx:-
Xizmatlar:
Birinchi sharhni siz qoldiring.
Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.