Bolalar oromgohlari

PESHKU

Buxoro viloyati | Peshku tumani, Malishoyak MFY, Malishoyak ko‘chasi, 54-uy

10.0 (0)

“PESHKU” bolalar oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, tuman markazidan 3-4 km uzoqlikda, anhor bo‘yidagi ekologik toza hududda joylashgan.

“PESHKU” bolalar oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, tuman markazidan 3-4 km uzoqlikda, anhor bo‘yidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p yillik archa, chinor va mevali daraxtlar bilan qoplangan 4 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.

     Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 12-14 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 4 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan tunu-kun navbatchilik tashkil qilingan.

     Oromgohda malakali tarbiyachi va yetakchilar, musiqa, sport, suzish murabbiylari bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va madaniy tadbirlarni o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, qo‘l ishi san’atlari va boshqalar shular jumlasidandir.

     Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.

     Dam oluvchilarning ixtiyorida konsert va spektakllar uchun maxsus joylar, o‘yin va sport maydonchalari, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.

     Oromgohdagi ajoyib bog‘da yozgi mavsumda turli-tuman mevalar g‘arq pishadi.

     Smenalar 1-iyundan 10-avgustgacha bo‘lgan 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

     Sizni “PESHKU” oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Buxoro viloyati

Manzil: Peshku tumani, Malishoyak MFY, Malishoyak ko‘chasi, 54-uy

Geografik kenglik (latitude): 40.048632

Geografik uzunlik (longitude): 64.367381

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998900000000

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/79/peshku-oromgoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Ekologik yo‘llarning mavjudligi
  • Videokuzatuv
  • Kuchaytirilgan malakali xavfsizlik
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.