Andijon viloyati | Zhalakuduk district, Okhunboboev Mahalla Committee, 63 Okhunboboeva Street, Andijan region
"OQBULOQ" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun, tuman markazidan 15 km uzoqlikda, adirliklar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan.
"OQBULOQ" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun, tuman markazidan 15 km uzoqlikda, adirliklar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinor, qayrag‘och, baqaterak va nina bargli archalarga boy oromgoh xududida 2 ga maydonda gilos, olma, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri va boshqa mevali daraxtlardan iborat, bolalar uchun maxsus bog‘ barpo etilgan. Ushbu bog‘da pishib yetilgan mevalardan har kuni tabiiy sharbatlar tayyorlanib, dam oluvchi bolajonlarga beriladi.
Dam olish binolari barcha qulayliklarga ega, 20 kishilik shinam, ochiq ayvon shaklidan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal maxoratli oshpazlar yordamida mazali va foydali taomlar taklif etiladi.
Oromgoh hududi xavfsizligini ta’minlash maqsadida videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Shu bilan birga Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.
Oromgohda dam oluvchi bolalar uchun xar kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l ishi san’atlari shular jumlasidandir.
Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbolva futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Bolajonlar ixtiyorida konsertlar va spektakllar uchun saxna, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Sizni "OQBULOQ" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!
Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.
Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!