Bolalar oromgohlari

OQ KEMA

Qoraqalpog'iston Respublikasi | Muynak district, Makhalla Committee of Bozatov, Altyn dzhagis street, 1 A-uy

10.0 (0)

“OQ KEMA” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani, “Bo‘zatov” ovul fuqarolar yig‘inining go‘zal qismida joylashgan.

“OQ KEMA” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Mo‘ynoq tumani markazidan 18 km uzoqlikda, ekologik toza hududda joylashgan. Archa daraxtlariga boy 12,7 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.

     Turar joylar qulayliklarga ega, 6-8 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 mahal bir-biridan mazali va foydali taomlar taklif etiladi.

     Hududda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan tunu-kun navbatchilik tashkil qilinadi.

     Har kuni tajribali yetakchi va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, qo‘l ishi san’ati kabilar shular jumlasidandir.

     Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

     Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, turli tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.

     Sizni “OQ KEMA” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

     Smenalar 10-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

     Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Qoraqalpog'iston Respublikasi

Manzil: Muynak district, Makhalla Committee of Bozatov, Altyn dzhagis street, 1 A-uy

Geografik kenglik (latitude): 43.608303

Geografik uzunlik (longitude): 59.003082

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998900000000

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/36/oq-kema-oromgoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Playgrounds
  • Pediatrician of the highest category
  • Interactive circles
  • Organization of excursions
  • Availability of ecological trails
  • Video surveillance
  • Enhanced qualified security
  • Five meals a day
  • Free Wi-Fi
  • Modern Medical Room
  • Modern Equipped Kitchen
  • Film and Video Equipment
  • Art and Craft Studios
  • Picnic and Recreation Areas
  • Comfortable beds
  • Modern swimming pool
  • Sports fields
  • Sports fields: Volleyball
  • Sports fields: Basketball

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.