Bolalar oromgohlari

OQ KABUTAR

Qoraqalpog'iston Respublikasi | Turtkul district, Sharakhan Mahalla Committee, 172 Maksadliylar Street

10.0 (0)

“OQ KABUTAR” oromgohi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanida joylashgan. Oromgoh 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish,sog‘lomlashtirish imkoniyatini beradi.

"OQ KABUTAR" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, To‘rtko‘l shahridan 14 km uzoqlikdagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p yillik chinorlarga ega 3.05 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.

     Turar joylar ko‘plab qulayliklarga ega, 2-8 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 mahal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan.

     Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan bolalar xavfsizligi uchun tunu-kun navbatchilik tashkil qilingan.

     Har kuni tajribali yetakchi va tarbiyachilar bolalar uchun turli xildagi mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, rassomchilik san’ati shular jumlasidandir.

     Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbolva futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Futbol va voleybol maydonchalari bolalar uchun tayyor. Undan tashqari, Xiva shahriga hamda boshqa diqqatga sazovor obidalarni tomosha qilish uchun sayohatlar tashkil qilinadi.

     Dam oluvchi bolajonlar ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud.

     Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar hamda teatr  aktyorlari ishtirokida qiziqarli tadbirlar tayyorlanadi.

     “OQ KABUTAR” oromgohimizda bolalarning maroqli dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, malakali va o‘z kasbning fidoiy tarbiyachi va yetakchilar bolalar bilan birga ajoyib, bir-biridan qiziqarli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishga doimo shay.

     Oromgoh suv havzalari, bolalar o‘yingohi, futbol maydonchasi, shu bilan birga madaniy tadbirlar uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan.

Sizni quyidagi qulayliklar kutmoqda:

O‘yin maydonchalari

Oliy toifali pediatr

Interaktiv to‘garaklar

Ekologik yo‘llarning mavjudligi

Videokuzatuv

Kuchaytirilgan malakali xavfsizlik

Kuniga besh mahal ovqat

Bepul Wi-Fi

Zamonaviy tibbiyot xonasi

Zamonaviy jihozlangan oshxona

Filmlar namoyishi

Hunarmandchilik ustaxonasi

Sayr va piknik uchun joylar

Yumshoq matraslar

Zamonaviy suv havzasi

Sport maydonchalari

Voleybol maydonchalari

Basketbol maydonchalari

     Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

     Yozni unutilmas onlar bilan o‘tkazishni istasangiz, albatta bizning oromgohimizni tanlang! Biz Sizlarni kutamiz!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Qoraqalpog'iston Respublikasi

Manzil: Turtkul district, Sharakhan Mahalla Committee, 172 Maksadliylar Street

Geografik kenglik (latitude): 41.545998

Geografik uzunlik (longitude): 61.025493

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998900000000

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.