Andijon viloyati | Andijan region, Altynkul district, Khondibogi Mahalla Committee, Khondibogi Street, 10
"OLTINKO‘L" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Oltinko‘l tumani markazidan 6 km uzoqlikda joylashgan.
"OLTINKO‘L" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Oltinko‘l tumani markazidan 6 km uzoqlikda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlarga boy 2.5 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.
Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlaridan iborattunu-kun navbatchilik tashkil qilingan.
Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l ishi san’atlari va boshqalar.
Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar uchun saxna, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Sizni "OLTINKO‘L" bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!
Smenalar 2-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.