Bolalar oromgohlari

OLTIARIQ

Farg'ona viloyati | “Sharq” MFY, Vodil ko‘chasi 250-uy

70.0 (0)

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “OLTIARIQ” oromgohi Farg‘ona viloyatining go‘zal qismida joylashgan bo‘lib, 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sog‘lomlashtirish imkoniyatini beradi.

“OLTIARIQ” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Oltiariq markazidan 4 km uzoqlikda, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlarga boy bo‘lgan 2.5 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.

Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 8-12 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.

Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Piyoda yurish uchun oromgoh hududida ekotroplar yotqizilgan.

Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar tomosha qilish joylari, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.

Sizni “OLTIARIQ” oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

Smenalar 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Farg'ona viloyati

Manzil: “Sharq” MFY, Vodil ko‘chasi 250-uy

Geografik kenglik (latitude): 40.34482

Geografik uzunlik (longitude): 71.495046

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998946604356

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/31/oltiariq-oromgoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Videokuzatuv
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Hunarmandchilik ustaxonasi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Zamonaviy suv havzasi
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.