Tarixiy va madaniy maskanlar

Nodirdevonbegi madrasasi

Buxoro viloyati | B.Nashband ko'chasi

60.0 (0)

Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Buxoro xoni Imomqulixoning vaziri Nodir devonbegi (Nodir mirzo Tog‘ay ibn Sulton) qurdirgan (1622—23).Nodir Devonbegi madrasasi (Buxoro) Labi-hovuz ansamblinit sharqiy qismida joylashgan. Dastlab karvonsaroy sifatida qurilgan, xonning qarori bilan madrasaga aylantirilgan. Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona, hovli atrofi 4 tomondan 2 qavatli kichik hujralar bilan o‘ralgan.. Bosh tarzi maydonga qaragan.

Nodir Devonbegi madrasasi Buxoro xonligida hukmronlik qilgan ashtarxoniylar sulolasi vakili Imomqulixon davrida 1622—1623-yilllarda Nodir devonbegi tomonidan bunyod etilgan. Madrasa 71 hujrali boʻlib, Mulla Shamsiddin guzarida boʻlgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Mazkur madrasa faoliyatiga oid ikkita vaqf hujjati saqlanib qolgan. Vaqf hujjatlaridan biri Buxoro amiri Amir Shohmurod davrida koʻchirilgan. Mazkur vaqf hujjati 1642-yil 17-iyul kuni rasmiylashtirilgan. Vaqf hujjatida shunday maʼlumot keltirilgan: „Hazrat Tagʻoyi Abdullaxon qisqa davrda Buxorodagi Sarrafon guzari sharqida pishiq gʻisht va toshdan masjid, ikki qavatli madrasa va hovuz qurdirdi“ — deb yozilgan. Nodir Devonbegi madrasasida 1 nafar mudarris dars oʻtgan boʻlib, yillik maoshi 500 tangani va 100 man gʻallani tashkil etgan. Mudarris talabalarga furu’ fiqh, usul kabi fanlardan dars bergan. Madrasa faoliyati bilan bogʻliq ikkinchi vaqf Buxoro amiri Amir Haydar davrida 1810-yil dekabr oyida rasmiylashtirilgan. Nodir Devonbegi madrasasiga oid ayrim arxiv hujjatlari saqlangan boʻlib, unga koʻra madrasada mufti dars oʻtgan boʻlib, uning yillik maoshi 2600 tangani tashkil etgan. Hozirgi kunda madrasa hovlisida sayyohlar uchun milliy musiqa va folklor tomoshalar oʻtkazib kelinadi. Bundan tashqari madrasada hunarmandchilik ustaxonalari ham faoliyat yuritib kelmoqda.

Meʼmorchiligi

Dastlab karvonsaroy sifatida qurilgan, xonning qarori bilan madrasaga aylantirilgan. Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona yoʻq, hovli atrofi 4 tomondan 2 qavatli kichik hujralar bilan oʻralgan. Hujralarga oʻymakori usulida bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi tobadonga panjaralar oʻrnatilgan. Hovliga pishik gʻisht yotqizilgan. Bosh tarzi maydonga qaragan. Old tomonida hovuz bor. Peshtogʻi oʻziga xos mahobatli va serhashamdir. Undagi oʻsimliksimon naqshlar orasida kuyoshga intilayotgan afsonaviy xumo qushi va bugʻuning oʻtlab yurgan tasviri koshinkori bezaklari yorqin boʻyoqlarda aks ettirilgan. Hoshiyalariga, kitobasiga arabiy yozuvlar bitilgan. Ustungoʻshasi buramasimon. Peshtogʻining 2 yon qanotidagi 2 qavatli 3 tadan chuqur ravoqli peshayvon aloqida zeb berib pardozlangan. Burchaklaridagi 2 guldasta ravoqlardagi naqshlar bilan oʻzaro uygʻunlashgan. Madrasa tarhi 52x49 m, hovli 34 xZO m. Nodir Devonbegi madrasasi bir necha marta taʼmirlanib, gumbaz, ravoq va devorlaridagi namlik yoʻqotilib, buzilib ketgan hujralari qayta tiklandi. Samarqand va Buxoro ustalarining saʼyharakatlari bilan bosh tarzi qayta jilolandi.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Buxoro viloyati

Manzil: B.Nashband ko'chasi

Geografik kenglik (latitude): 39.773102

Geografik uzunlik (longitude): 64.421446

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998914108300

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.