Joylashuv va aloqa
Viloyat: Qashqadaryo viloyati
Manzil: Amir Temur mahallasi
Geografik kenglik (latitude): 38.632827
Geografik uzunlik (longitude): 66.26832
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998900000000
Website: -
Ziyorat komplekslari
Qashqadaryo viloyati | Amir Temur mahallasi
Musofir ota nomidagi qabriston va ziyoratgoh hijriy 533 yil (milodiy 1130 yil)da shakllangan.
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Amir Temur mahallasida Musofir ota ziyoratgohi joylashgan. Manbalarga ko‘ra, Musofir ota nomidagi qabriston va ziyoratgoh hijriy 533 yil (milodiy 1130 yil)da shakllangan.
Rivoyatlarga ko‘ra, aslida Samarqandning Kattaqo‘rg‘on shahridan bo‘lgan Abdulla Xo‘ja ibn Muhammad boshchiligida bir guruh kishilar haj ziyoratiga yo‘l olgan. Ular jami 60 nafar ayol va erkakdan iborat bo‘lib, uzoq va mashaqqatli safardan so‘ng muqaddas maskanlarda haj ibodatlarini ado etib, yurtlariga qaytganlar.
Mazkur guruh a’zolari tariqat yo‘liga o‘z hayotini bag‘ishlagan, ilm-ma’rifatga berilgan kishilar bo‘lib, safar davomida savob ishlarni amalga oshirib kelganlar. Ular hozirgi ziyoratgoh hududiga yetib kelganlarida, mahalliy aholi qishloqqa suv chiqarish maqsadida ariq qaziyotganiga guvoh bo‘ladilar. O‘sha paytda ziyoratchilarning yagona oti bo‘lib, ular pirlarini shu otga mindirib yetaklab kelganlar. Keyinchalik ushbu otni hasharchilarga so‘yib, taom ulashganlar. Oradan ko‘p o‘tmay pirlari shu yerda vafot etadi va shu hududga dafn qilinadi. Shundan so‘ng bu joy katta qabristonga aylanishi bilan “Musofir ota” ziyoratgohi nomini oladi.
Qabriston qadimiy bo‘lib, undagi ko‘plab sag‘analarda marmar qabrtoshlar saqlangan. Ushbu qabrtoshlarda arab va fors tillarida yozuvlar bitilgan. Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarixchi-manbashunos olim Mirzo Me’rojiddin bu yerda ilmiy tadqiqotlar olib borib, qabrtoshlardagi yozuvlarni o‘rganib chiqqan.
Maqbaraga kiraverishda o‘ng tomonda joylashgan mahobatli marmar qabrtosh yaxshi saqlangan bo‘lib, uning o‘lchamlari taxminan 170 sm uzunlik, 40 sm kenglik va 45 sm balandlikni tashkil etadi. Qabrtoshning yon tomonlarida Qur’on oyatlari bitilgan. Qabrtoshdagi yozuvlardan birida quyidagi ma’lumot keltirilgan: Amir Husayn Qavchin ibn To‘xtamish Qavchin ibn Hoji Qavchinning hijriy 834 yil (milodiy 1430 yil)da vafot etgani qayd etilgan.
Tadqiqotlarga ko‘ra, mazkur qabrtosh Amir Husayn Qavchin ga tegishli bo‘lib, u Amir Temur ning eng ishonchli sarkardalaridan biri bo‘lgan va harbiy yurishlarda sadoqat bilan xizmat qilgan.
Ziyoratgoh hududida ilgari Ro‘za va Qurbon hayitlari munosabati bilan sayillar o‘tkazilib, ko‘plab odamlar ziyorat uchun tashrif buyurgan. Bu yerda turli diniy va madaniy tadbirlar tashkil etilgan.
Hududda qadimiy hovuz o‘rni saqlanib qolgan bo‘lib, uning taxminiy o‘lchami 10×10 metrni tashkil etadi. Hovuz yaqinida qadimda pahsa devorlardan qurilgan masjid mavjud bo‘lgan, ammo keyinchalik mustabid tuzum davrida buzib tashlangan. Shuningdek, undan taxminan 10 metr janub tomonda yana bir masjid bunyod etilgan bo‘lsa-da, u ham keyinchalik vayron qilingan. Ziyoratgoh hududida loydan qurilgan supalar ham mavjud bo‘lgan.
“Musofir ota” deb ataluvchi maqbara dastlab pahsadan qurilib, usti gumbaz bilan yopilgan. Bundan tashqari, ziyoratgoh hududida qadimda chillaxona ham mavjud bo‘lgan.
Bugungi kunda ushbu ziyoratgoh respublika, viloyat va ayniqsa G‘uzor tumani turistik salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi

Viloyat: Qashqadaryo viloyati
Manzil: Amir Temur mahallasi
Geografik kenglik (latitude): 38.632827
Geografik uzunlik (longitude): 66.26832
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998900000000
Website: -
Narx:-
Xizmatlar:
Birinchi sharhni siz qoldiring.
Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.