Tarixiy va madaniy maskanlar

MIRZO USMON MASJIDI

Buxoro viloyati | Mirzo Usmon ko‘chasi

20.0 (0)

Mirzo Usmon masjidi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Buxoro Arkning sharqiy darvozasi tomonida joylashgan boʻlgan. Mazkur masjid XVIII asrda ashtarxoniy hukmdor Ubaydullaxon II davrida Koʻkaldosh madrasasi mudarrisi Mirzo Oxund mulla Usmon tomonidan bunyod etilgan. Masjid Mirzo Oxund Mulla Usmon mahallada joylashgan boʻlgan. Masjid Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi

Qozi Oʻrda masjidi XVIII asr boshlarida Buxoro xoni Ubaydullaxon II davrida Koʻkaldosh madrasasi mudarrisi Mirzo Oxund mulla Usmon tomonidan qurilgan. Mazkur masjidda Qozi Oʻrta mahallasidagilar va ayollar ham namoz oʻqishgan. Bolihovuz masjidi qurilganidan soʻng, mazkur masjidga ayollar oʻtib namoz oʻqishgan. Mirzo Oxund Mulla Usmon mahallada 40 ta hovli, ikkita madrasa va bitta masjid mavjud boʻlgan. 1990-yilda masjidda olib borilgan taʼmirlash ishlari natijasida tuproq ostida bir qancha sagʻanalar borligi aniqlangan. Masjidga kiraverishdagi zina ostidan bir sagʻanali qabr topilgan va bu qabrdan sopol koʻzachalar topilgan. Masjid sovet yillarida matbuot jamiyati, klub va bozor mehmonxonasi sifatida foydalanib kelingan. Masjid Oxundi mulla Usmon, Qozi Oʻrda, Mirzo Usmon kabi nomlar bilan tilga olinadi. Majid ichkari tomoni 21 ta katta-kichik ravoqlardan iborat boʻlib, qadimiy mehrob ustiga gireh yaʼni gul chizilgan. Masjidda ayvon boʻlib, hozirgi kungacha yaxshi saqlangan. Taʼmirlash davrida masjid atrofidagi yogʻoch ustunlar va devorlar qayta tiklangan. 2000-yillarda masjidda taʼmirlash ishlari olib borilgan.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Buxoro viloyati

Manzil: Mirzo Usmon ko‘chasi

Geografik kenglik (latitude): 39.77393

Geografik uzunlik (longitude): 64.41293

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998914108300

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.