Tarixiy va madaniy maskanlar

MIR ARAB MADRASASI

Buxoro viloyati | Xodja Nurobod ko‘chasi

20.0 (0)

Mir Arab madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasaning qurilishi oʻzbek hukmdori Ubaydullaxon va uning piri Mir Arab nomlari bilan bogʻliq. Oʻquv muddati 4 yil Oʻquv yurti kunduzgi boʻlimiga 15 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan oʻrta va toʻliqsiz oʻrta maʼlumotli kishilar qabul qilinadi. Diniy fanlar hamda umumtaʼlim fanlari oʻqitiladi. Talabalarga arab, ingliz, rus va fors tillari ham oʻrgatiladi. Darslar oʻzbek va arab tillarida olib boriladi.

Mir Arab madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasaning qurilishi oʻzbek hukmdori Ubaydullaxon va uning piri Mir Arab nomlari bilan bogʻliq. Oʻquv muddati 4 yil Oʻquv yurti kunduzgi boʻlimiga 15 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan oʻrta va toʻliqsiz oʻrta maʼlumotli kishilar qabul qilinadi. Diniy fanlar hamda umumtaʼlim fanlari oʻqitiladi. Talabalarga arab, ingliz, rus va fors tillari ham oʻrgatiladi. Darslar oʻzbek va arab tillarida olib boriladi.

Tarixi
Mir Arabning asl ismi Sayyid Abdulloh boʻlib, amir 22 yoshida Samarqandga kelib Xoja Ahrorga shogird tushgan. Turkistonning Sabronida (Savronida) 2 koriz (yer osti arigʻi) qazdirgan, suv chiqargan, qalʼa bino etib, Shofirkon, Vobkent, Gʻijduvonda koʻp joylarni obod qilgan (hozirda Shofirkonda Mir Arab qalʼasi saqlanib qolgan). U naqshbandiya tariqatining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Madrasa qurilishini nihoyasiga yetkaza olmagan, 1536-yil boshida Mir Arab vafot etgan va uning vasiyatiga koʻra kuyovi Shayx Zakariyo qurilishni oxiriga yetkazgan. Xattot Mirali Fathobodiy-Buxoriy ushbu forsiy qitʼani Madrasa darvozasiga yozgan: „Mir Arab faxri Ajam onki kard — Madrasai olii bas bul ajab. Bul ajab on ast ki tarixi u: Madrasai olii Mir Arab“.

Meʼmorchiligi

Bosh tarzi ulkan peshtokli, darvozasi orqasida 5 gumbazli miyonsaroy, ikki yonida baland gumbazli keng darsxona va masjid, goʻrxona joylashgan. Koshinkori naqshlar yozuvlar bilan uygʻunlashgan (saqlanmagan). Goʻrxona ichi gumbaz osti bagʻali qalqonsimon muqarnasli, shipi va devorlari ganch oʻymakorligida bezatilgan, izorasi rangbarang koshinli. Goʻrxonada Ubaydullaxon (1537-yil v. e.)ning yogʻochdan xotamkori usulida ishlangan sagʻanasi va Mir Arab, uning qarindoshlari qabrlari bor.

Tarixiy manbalarda madrasa 111 hujradan iboratligi koʻrsatilgan. Biroq hozirgi mualliflar hujralar sonini Qurʼon suralariga muvofiq 114 ta hujra deya axborot berishmoqda.

Madrasaning umumiy tarhi 68,5x51,8 m, hovli 35,4x31,3 m, darsxona 8x8 m. Hovlisi toʻrtburchak shaklida boʻlib, atrofini oldi ravokli, ikki oshyonli 114 hujra oʻrab turadi. Tomonlar oʻrtasidagi 4 baland peshtokli darsxona — ayvon hovli mahobatini oshiradi. Tuzilishi jihatidan naqshinkor jan. peshtoqning dastlabki qiyofasi saqlanib qolgan, bu naqshlarning tarkibiy qismida yulduzsimon bezaklar uchraydi. Undagi bezaklarning saqlanib qolgan ayrim parchalaridan naqshlar gʻoyat nafis va nozik boʻlganligini bilish mumkin.

Rivoyatlarga ko'ra, Madrasa asosi chuqur qilinib, togʻ toshlari bilan mustahkamlangan, qor, yomgʻir suvini qochirish uchun tazarlar ishlangan, ular orqali suvlar shahar qoʻrgʻonidan tashqariga chiqarilgan.

Buxoroning 2500-yilligi munosabati bilan Madrasa peshtogʻi va gumbazlaridagi toʻkilib ketgan koshinkori naqshlar va yozuvlar qayta tiklandi.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Buxoro viloyati

Manzil: Xodja Nurobod ko‘chasi

Geografik kenglik (latitude): 39.77625

Geografik uzunlik (longitude): 64.4155

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998914108300

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.