Joylashuv va aloqa
Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Mirdoʻstim koʻchasi
Geografik kenglik (latitude): 39.77536
Geografik uzunlik (longitude): 64.40607
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914108300
Website: -
Tarixiy va madaniy maskanlar
Buxoro viloyati | Mirdoʻstim koʻchasi
Assiri madrasasi (Mavlono Assiri madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 1 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Assiri madrasasi (Mavlono Assiri madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 1 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Madrasani tiklash va taʼmirlash uchun 2010-yilgi davlat dasturiga koʻra mablagʻlar ajratilganligiga qaramay, u hozirga qadar ayanchli ahvolda qolib ketgan, xarobaga aylangan va yarim qismi saqlanib qolgan. Buzilib ketgan tomoni oʻrnida hozir odamlar uy-joy qurib olgan.
Tarixi
Madrasa XVI asrda Buxoro xonligi poytaxtining keyinchalik Mavlono Asiriy deb nomlangan guzarida, oʻzbek hukmdori Abdullaxon II (1557–1598) hukmronligi davrida, shoir Mirzo Jalol Asir ibn Mirzo Moʻmin Isfaxoniy mablagʻlari evaziga bunyod etilgan.Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan. Unda yozilishicha:
Janob hoji ul-haramin hoji Muhammad Ali valadi Mehtar Alibiy hazrat Sayyid Abdul Muzaffar Subhonqulixon Muhammad Bahodurxon ibn hazrat Abul Fath Sayyid Nadr Muhammadxon davrida marhum mulla Asiriyning vayronaga aylangan masjid-madrasasi binosini taʼmirlaydi.Sovetlar hukmronligi oʻrnatilgandan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan. 2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2011-yilda tadqiq qilish, favqulotda qismlarini boʻlaklarga ajratish, konstruktiv mustahkamlash, tiklash va restavratsiyalash ishlari rejalashtirilgan va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 100 million soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlsada, madrasaning hozirga qadar saqlanib qolgan yarim qismi ayanchli ahvolda qolib ketgan. Xarobaga aylangan. Buzilib ketgan tomoni oʻrnida hozir odamlar uy-joy qurib olgan.
Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, undan kelajakda turistik xizmat koʻrsatish obʼekti sifatida zamonaviy foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Meʼmorchiligi
Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 1 qavatli qilib qurilgan. Tarxi koʻpburchak shaklida boʻlgan.
Rivoyatlar
Rivoyatga koʻra, madrasaning barpo etililishi Somoniylar davrida ijod qilgan shoir as-Sariy nomi bilan bogʻliq boʻlgan. Lekin, oxirgi izlanishlarga koʻra, as-Sariy Buxoroga hech qachon kelmaganligi, boz ustiga, u Asiriy ham emasli va shoir Asiriy (Mirzo Jalol Asiriy) esa asli eronlik boʻlib, Buxoroga Isfahondan kelganligi, u Buxoroda Abdullaxon (1557–1598) davrida ancha vaqt yashab ijod qilganligi va ushbu madrasani qurdirganligi maʼlum boʻldi.

Viloyat: Buxoro viloyati
Manzil: Mirdoʻstim koʻchasi
Geografik kenglik (latitude): 39.77536
Geografik uzunlik (longitude): 64.40607
Xarita:Yandex Maps
Telefon: +998914108300
Website: -
Narx:-
Xizmatlar:
Birinchi sharhni siz qoldiring.
Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.
Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.