Tarixiy va madaniy maskanlar

Mag‘oki Ko‘rpa masjidi

Buxoro viloyati | Mehtar Ambar ko‘chasi

60.0 (0)

1637 yilda, tojikchadan “ko‘rpalar chuquri” deb tarjima qilinadigan Mag‘oki ko‘rpa masjidi barpo etildi. Bu Buxoroning ikki yor osti (mag‘oki) masjidlaridan biri. Uning yaqinida XVI asrdagi bosh kiyimlar sotiladigan Telpak Furushon savdo gumbazi joylashgan.

Magʻoki Koʻrpa masjidi — 1636—1637-yillari Buxoro shahrining tarixiy markazida qurilgan, Toqi Telpakfurushon yonida, Mehtar Anbar koʻchasida joylashgan, Buxorodagi ikkita „yerosti“ (magʻoki) masjidlardan biri.

Tarixi

Magʻoki Koʻrpa masjidi 1636—1637-yillar oraligʻida qurilgan, ikki qavatli boʻlgan. Birinchi qavati chuqurlikda (magʻoki) joylashgan, balandligi 6 metr. Ushbu qavat qishda havosi moʻtadil boʻlgani sababli namoz ibodatini bajaradigan joy hisoblangan. Hozirda bu qavat madaniy qatlam ostidadir. Ikkinchi qavat koʻrpa nomi esa masjid joylashgan mahalla nomidan, yaʼni koʻrpa tikuvchilar yashagan mahalla nomidan kelib chiqqan va bu qavat yozda namoz ibodatini bajaradigan joy boʻlgan. Masjidda ganchkorlik sanʼatining ajoyib namunlari uchraydi. Masjidga qarovsizlik va zilzila tufayli zarar yetgan. Shuningdek, sovet davrida masjid kartoshka saqlanadigan omborga aylantirilgan. 2018-yillari masjida qayta restavratsiya qilingan, bugungi kunda masjid binosida gilam ishlab chiqarish va sotish korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Arxitekturasi

Masjid pishgan gʻishtdan qurilgan boʻlib, toʻgʻri toʻrtburchak shaklida, sharqiy-gʻarbiy oʻq boʻylab choʻzilgan. Masjidning old tomoni sharqqa qaragan. Birinchi qavatdagi gumbazlar toʻrtburchak ustunlarga, ikkinchi qavatda toʻqqizta gumbaz esa toʻrtta sakkiz burchakli koʻndalang ustunlarga tayangan. Bu toʻqqiz gumbazdan uchtasi stalaktit shaklida boʻlib, zalning oʻrtasi va mehrob tepasidagi stalaktitlarga muqaddas bitiklar tushirilgan, qolgan gumbazlar esa qalqonsimon yelkanlar koʻrinishida. Asosiy gumbaz juda baland va tor qilib qurilgan. Masjid dastlab jome masjid sifatida qurilgan, ammo qurilishi yakunlangandan soʻng kichik hajmda boʻlgani sababli mahalliy masjid sifatida foydalanilgan.

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Buxoro viloyati

Manzil: Mehtar Ambar ko‘chasi

Geografik kenglik (latitude): 39.77445

Geografik uzunlik (longitude): 64.41731

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998914108300

Website: -

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • Xizmat kiritilmagan

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.