Bolalar oromgohlari

LOCHIN

Qashqadaryo viloyati | Miroqi shaharchasi 29-uy

10.0 (0)

15-yildirki "LOCHIN" bolalar dam olish oromgohi Respublika oromgohlari o‘rtasida “Eng namunali oromgoh” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqda.

  Mavsum davomida shaxsiy o‘sish, sog‘likni mustahkamlash, jamiyat hayotiga moslashuv uchun maqbul sharoitlarni yaratish, sport o‘yinlari, tanlov, musobaqalar, sayyohlik yurishlari, ekologik sayrlar orqali bolalar va o‘smirlarning mazmunli dam olishini tashkil etishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

     Oromgohning asosiy vazifalari:

1. Bolalarni turli xildagi ijodga jalb etish, foydali ko‘nikmalarni shakllantirish, tashabbus, o‘z-o‘zini boshqarish va mustaqillikni rivojlantirishning yangi shakllarini izlash;

2. Bolalar va o‘smirlarning bandligi, dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish;

3. Bolalarning psixologik va jismoniy sog‘liklarini mustahkamlashga ko‘maklashish;

4. Bolalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish;

5. Axloqiy va iroda sifatlarini tarbiyalash;

6. Sog‘lomlashtirishning noan’anaviy usullari bilan tanishtirish.

     Oromgohdagi to‘garak va seksiyalardagi mashg‘ulotlar guruhning o‘quv-tarbiyaviy ishlarining asosiy qismi hisoblanadi.

     Oromgoh Shahrisabz tumanining tog‘li Miraki shaharchasi, Hisorak suv ombori yaqinidagi xush manzarali va sayyohlik markazi tashkil qilinayotgan hududda joylashgan. Hudud bahavo daryolar va manzarali daraxtlar bilan o‘ralgan. Oromgohning bolalar uchun mo‘ljallangan yotoqxonalarining ichki qismida dush, xojatxona mavjud. Bolalarning miriqib dam olishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

     Oromgoh 2005-yildan 560 nafar bolaga mo‘ljallanib, o‘z faoliyatini boshlagan. 2008-yilda qo‘shimcha 80 o‘rinlik bolalar yotoqxonasi, 2009-yilda 160 o‘rinlik “Piramida” va 180 o‘rinlik “Korabl” nomli bolalar yotoqxonalari qurilib oromgoh oshxonasi qayta ta’mirlanib, 1000 o‘rinlik bolalar oromgohiga aylantirilgan. "LOCHIN" bolalar dam olish oromgohi yozgi mavsumda 4000 nafar bolajonlarni dam oldirish quvvatiga ega. Mana 15-yildirki "LOCHIN" bolalar dam olish oromgohi Respublika oromgohlari o‘rtasida “Eng namunali oromgoh” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqda.

     Biz 2025-yil yozgi bolalarni sog‘lomlashtirish mavsumda aziz bolajonlarimizni oromgohimizda kutib qolamiz

Galereya

Joylashuv va aloqa

Viloyat: Qashqadaryo viloyati

Manzil: Miroqi shaharchasi 29-uy

Geografik kenglik (latitude): 39.032936

Geografik uzunlik (longitude): 67.12786

Xarita:Yandex Maps

Telefon: +998755233432

Website: https://www.oromgohlar.uz/uz/camp/55/lochin-oromgoh/

Narx va xizmatlar

Narx:-

Xizmatlar:

  • O‘yin maydonchalari
  • Oliy toifali pediatr
  • Interaktiv to‘garaklar
  • Ekskursiyalarni tashkil etish
  • Ekologik yo‘llarning mavjudligi
  • Videokuzatuv
  • Kuchaytirilgan malakali xavfsizlik
  • Kuniga besh mahal ovqat
  • Bepul Wi-Fi
  • Zamonaviy tibbiyot xonasi
  • Filmlar namoyishi
  • Sayr va piknik uchun joylar
  • Yumshoq matraslar
  • Sport maydonchalari
  • Voleybol maydonchalari
  • Basketbol maydonchalari

Sharhlar

Sharh qoldirish

Sharh yo'q

Birinchi sharhni siz qoldiring.

Yangi e'lon qo'shish

Quick Publish 1-2 daqiqalik oqim. Advanced rejimda to'liq ma'lumot va 3 tilli kontent kiritiladi.

Rolangizda e'lon joylashtirish ruxsati yo'q.