Turar joylar qulayliklarga ega bo‘lib, 8 kishi yotog‘iga mo‘ljallangan xonalar mebel, krovat va yumshoq zamonaviy matraslar bilan ta’minlangan
“ISHONCH” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Navoiy shahridan 15 km uzoqlikda, xushmanzara, 500 dan ziyod mevali va manzarali daraxtlarga boy, ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar bilan to‘lgan 3 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi.
Turar joylar qulayliklarga ega bo‘lib, 8 kishi yotog‘iga mo‘ljallangan xonalar mebel, krovat va yumshoq zamonaviy matraslar bilan ta’minlangan. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Ushbu taomlarni esa yuqori malakali, qo‘li shirin oshpazlar jamoasi tayyorlashadi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi.
Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robot-texnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin
Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar joylari, qo‘g‘irchoq teatri, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.
Sizni “ISHONCH” oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!
Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.
Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!